MUQIMIY TEATRI

MUQIMIY TEATRI

MUQIMIY TEATRI, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939-y. 30-noyabrda komik aktyor M. Miroqilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini «Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi» (Hamza) spektakli (rej. M. Miroqilov) bilan boshlagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat boʻlib, Mirshohid Miroqilov — badiiy rahbar, F. Umarov, B. Xoʻjayev — rej. lar; M. Kuznetsova, S. Xoʻjayev, A. Bakirov, M. Yoqubova, M. Xolmuhamedov, A. Boltayev, O. Fayozova, A. Yusupov, U. Abdullayev, M. Gʻofurov, M. Mirtolipov, 3. Shermatova singari aktyorlar tashkil etdi. «Oʻjar xonim» (Lope de Vega), «Oshiklar» (B. Xalil), «Qozixona» (Gʻ. Gʻafurov) kabi spektakllar teatrning dastlabki spektakllari boʻldi.

Ensiklopediya.uz
MUQIMIY TEATRI