MUOMALA XARAJATLARI

MUOMALA XARAJATLARI

MUOMALA XARAJATLARItovar muomalasi jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan jami sarflar. Muomala xarajatlari mohiyatiga koʻra sof va qoʻshimcha xarajatlarga boʻlinadi. Sof xarajatlar tovarlarni bevosita oldisotdi qilish bilan bogʻliq xarajatlardir. Sof xarajatlarga bevosita savdoni uskunalar bilan jihozlash, binolarni isitish, yoritish, savdo xodimlariga haq toʻlash va h. k. xarajatlar kiradi. Qoʻshimcha xarajatlarga tovarlarni tashib isteʼmolchilarga yetkazish, ularni saklash, qismli to-varni yigʻish (mas, mebel), ularni joylashtirish, oʻrash, reklama va boshqa xarajatlar kiradi.

Ensiklopediya.uz
MUOMALA XARAJATLARI