Munis ayol!

Munis ayol!
munis ayol 65ca821bc1da8

photo 2023 03 05 21 40 14

Munis ayol!

DO`STLARGA ULASHING:

Munis ayol!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Tunda beshigini quchguncha ayol
Farzandiga alla aytar,ko’zda yosh.
Oh allamikan yoki ayolning dardi?,
Osmon ham yig’ladi,berolmay bardosh!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Neni kuylamoqda-bu munis ayol?
Yeru-ko’kning bag’rin solib larzaga.
Jangchi yorin kutib, surguncha hayol,
Gohida nigohin tikar derazaga.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Shu asnoda ayol kutar yorini
Tiq etgan tovushga tutgincha quloq
Birgina diydorga atab jonini,
O’z-o’ziga berar javobsiz so’roq..
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
-Mana bahor keldi,bodom gulladi
Necha fasllarni o’tkazdim sensiz.
Sog’inchdan!bu ko’zlar yig’lab to’ymadi
Qaydasan,holing ne kechyapti mensiz?…
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Munis ayol!