MUNCHOQTEPA

MUNCHOQTEPA

MUNCHOQTEPA — Kubodiyon viloyatiga mansub qad. shahar xarobasi (mil. av. 1ming yil oʻrtalari — mil. 10—11-a.). Kofarnihon daryosi (Tojikiston)ning oʻng qirgʻogʻidan 1 km masofada, parom kechuvidan 6 km uzoqlikdagi hududda joylashgan. Mil. av. 1mingyillikoʻrtalarida Munchoqtepa oʻrnida kichik qishloq vujudga kelgan, milodning boshlarida u katta shaharga aylanib, 11-a. gacha mavjud boʻlgan. Munchoqtepaning 6—8-a. larga oid madaniy qatlamidan usti gumbaz b-n yopilgan mahobatli bino qoldiqlari ochilgan, undan oʻrtasi dumaloq teshik boʻlgan Toxariston mis tangalari topilgan. Xitoy sayyohi Syuan-Szan (7-a.)ning qayd etishicha, bu yerda budda monastiri (ibodatxonasi) joylashgan. U milodning boshlari — 5—6-a. larda mavjud boʻlgan qad. binolar xarobasi ustiga qurilgan.

Ensiklopediya.uz
MUNCHOQTEPA