Munavvara Abdullayeva Biografiyasi to’liq malumot oling

Munavvara Abdullayeva Biografiyasi to’liq malumot oling

Aktrisa Munavvara Abdullayeva 1950 yil 5 aprel sanasida Marg’ilonda ishchilar oilasida tavallud topgan.
Mundarija скрыть

U o’rta maktabni tamomlagach Marg’ilon iqtisodiy rejalashtirish texnikumida o’qigan.Keyinroq aktrisalikka bo’lgan qiziqishi bois Toshkent teatr va rassomchilik oliygohining teatr va kino aktyorligi bo’limida tahsil olgan.

Oliygohni tamomlagach o’z ish faoliyatini Sirdaryo viloyatidagi musiqali drama teatrida boshlagan.

Ushbu teatrda bir yil ishlagach o’qishni davom ettirish uchun Moskva borgan va Lunacharskiy nomidagi teatr san’ati oliygohining aspirantura bosqichida ta’lim olgan. 

 

Munavvara Abdullayeva ko’p yillardan beri Toshkent davlat san’at oliygohida o’qituvchi sifatida ishlab keladi.

Xalqimiz tanigan san’atkorlar Mirzabek Xolmedov,Madina Muxtorova,Behzod Muhammadkarimov va Abduraim Abduvahobovlar aynan shu aktrisa qo’l ostida tahsil olishgan.Shu bilan birga aktrisalar Dilnoza Kubayeva,Asal Shodiyeva va aktyorlar Farrux Soipov,Ulug’bek Qodirovlar ham uning shogirdlari hisoblanadi.

 

Munavvara Abdullayeva ushbu oliygohdagi uzoq yillik faoliyati orqali 2000 yilda «O’zbekiston Respublikasi xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi» nomli faxrli unvon bilan taqdirlangan.

munavvara abdullayeva biografiyasi 1

Munavvara Abdullayeva

 

Munavvara Abdulayeva o’qituvchilik bilan bir qatorda, teatrda rejissiyor sifatida ham faoliyat olib borgan.Bugungi kungacha u 30 dan oshiq spektakllarni sahnalashtirgan.Yana shuningdek u aktrisa sifatida 10 dan ortiq filmlarda ham suratga tushgan.

 

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Munavvara Abdullayeva Rustamjon To’rayev ismli dublaj rejissiyoriga turmushga chiqqan.Hozirgi kunda ularning ikki o’g’il va ikki qiz farzandlari va bir nechta nabiralari bor.

 

Bugungi kunda 68 yoshdagi bu aktrisa o’z faoliyatini O’zbekiston davlat san’at va madaniyat oliygohida o’qituvchi sifatida davom ettirib kelmoqda.

Biografiya
Munavvara Abdullayeva Biografiyasi