MUM
MUM — 1) hayvon yoki oʻsimlik mahsuloti boʻlgan yogʻsimon modda, asosan, yuqori yogʻ kislotalarning murakkab efirlari va yuqori molekulyar spirtlardan iborat. Mum — amorf, plastik, qizdirilganda oson yumshaydigan modda, 40—90° orasida suyuklanadi. Mumning qazilma xillari ham boʻladi. Asalari mumi, qoʻy juni yuvilganda chiqadigan Mum, kashalot yogʻidan olinadigan spermatset hayvon mahsuloti Mum iga, Braziliya palmasi bargidan olinadigan karnauba, kandelil, palma mumi va b. oʻsimlik mahsuloti Mum iga, ozokeritni tozalab olinadigan serezin, qoʻngʻir koʻmir yoki torfdan ajratiladigan montan Mumi qazilma Mum iga kiradi. Sanoatda sintetik Mum ham ishlab chiqariladi. Hayvon mahsulotidan olingan, qazilma va sintetik M. lar texnikada ishlatiladi. Oʻsimlik M. i oʻsimliklarda suv rejimini tartibga solishda muxim biologik funksiyani bajaradi. Mumdan amaliy va tasviriy sanʼatda ham foydalaniladi; 2) asalari mum bezlarida ishlab chikariladigan yogʻsimon suyuklik (q. Asalari mumi).
Ensiklopediya.uz
MUM