Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar. to’liq malumot oling

Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar. to’liq malumot oling

Mavzu:  Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar.
Mundarija скрыть

 

Reja:

Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar.

Multimedianing rivojlanish tarixi.

Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalligi

Multimediani qo’llanilish sohalari

 

Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar.

«Multimedia» termini «multi» — ko’p va «media» — muhit, tashuvchi, muloqot vositasi so’zlaridan tuzilgan. Bu so’zlarni o’zbek tiliga “ko’p muxitli” kabi tarjima qilish mumkin

Multimedia — bu turli kompyuter texnologiyalarining to’plami bo’lib, unda turli shakldagi va ko’rinishdagi ma’lumotlar, masalan,  grafika, tekst, video, fotografiya, xarakatlanuvchi obrazlar (animatsiya), ovozli effektlar qo’llaniladi.

Qoidaga ko’ra multimedia deganda interaktiv dasturiy ta’minot orqali boshqariladigan vizual va audio effektlarning birgalikda qo’llanilishi tushuniladi.

“Multimedia” tushunchasiga bir qancha misol keltiramiz:

Multimedia (multimedia) – bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo’lib, u kompyuter sitemasida tekst, ovoz, videotasvir, grafik tasvir va animatsiya (multiplikatsiya) ni birgalikda qo’llash imkonini beradi.

Multimedia – bu kompyuterda tekst, grafika, animatsiya, raqamli o’zgarmas tasvirlar, video, ovoz, nutq kabi tipli ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash almashish va tasvirlash imkonini yaratuvchi texnologiyalar yig’indisidir.

Multimedia — bu tasvir va xarakatli video, animatsiyali kompyuter grafikasi va matn, nutq va yuqori sifatli ovoz bilan ishlashni ta’minlovchi interaktiv sistemadir.

Multimediali – kompyuter  — bu multimedia texnologiyalarini amalga oshiruvchi apparat va dasturiy ta’minotiga ega bo’lgan kompyuterdir.

Multimedianing rivojlanish tarixi.

Multimedia-texnologiyalari informatikaning eng dolzarb va mashxur yo’nalishlaridan biri xisoblanadi. Bu yo’nalishning asosiy maqsadi “tasvir, tekst va matn ovoz, video animatsiya va boshqa tasviriy effektlar (Simulation) kollektsiyasiga ega bo’lgan, hamda  interaktiv va boshqa vizual boshqaruv mexanizmiga ega bo’lgan” mahsulotlarni yaratishdan iborat. Bu tushuncha 1988 yil yangi texnologiyalarni tadbiq qilish va foydalanish muammolari bilan shug’ullanuvchi yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan bayon qilingan.

80 – yillar oxirida multimedia – texnologiyalarini gumanitar soxalarda qo’llashga bo’lgan qiziqishlarni oshishi, bevosita atoqli amerikalik kompyuter – biznesmeni Bill Geyts nomi bilan bog’liq. U turli “muxitli”: tasvir, ovoz, animatsiya va gipermatnli sistema asosidagi multimedia maxsulotlarini yaratish va amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llash  g’oyasini ilgari surgan («National Art Gallery. London»).

Aynan mana shu maxsulot o’zida multimedianing quyida keltirilgan 3 ta asosiy printsipini mujassamlashtirib olgan edi:

Ma’lumotlarni inson sezuvchi turli ma’lumot muxitlari kombinatsiyasi yordamida tasvirlash.

Maxsulotdagi ma’lumotlarni tasvirlashni turli xil liniyalarini mavjudligi (xususan unda ma’lumotni tasvirlash liniyasini maxsulotda mavjud bo’lgan boshqaruv mexanizmi orqali insonni o’zi belgilaydi).

Interfeysning badiiy dizayni va navigatsiya vositalari.

Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalligi

Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalligi va o’ziga xos xususiyati ma’lumotlarni tasvirlashda faol qo’llaniladigan multimedianing quyidagi imkoniyatlari xisoblanadi:

Katta xajmli xar xil turdagi ma’lumotlarni bitta tashuvchida saqlash imkoniyati (20 tagacha avtorlik tomlari, 2000 va undan ko’proq sifatli tasvirlarni, 30 – 45 minutli vidoyozuv, 7 soatlik ovoz);

Ekranda tasvirni yoki uning zarur qismini kattalashtirish (detallashtirish) imkoniyatini mavjudligi. Ba’zi xollarda tasvir sifatini saqlagan xolda 20 martagacha kattalashtirish (“lupa” rejimi) mumkin. Ayniqsa bu san’at asarlarini va noyob tarixiy xujjatlarni namoyish qilishda juda muxim.;

Ilmiy tadqiqot va tanishish maqsadlarida tasvirlarni turli dasturiy vositalar yordamida tasvirlarni solishtirish va qayta ishlash;

Tasvirlanayotgan tasvir: tekst yoki vizual materialdagi “kalit so’z (yoki soxa)” ni ajratib ko’rsatish imkoniyati va bu ajratilgan elemen orqali tezkor ma’lumotnomani yoki boshqa tushunturuvchi (shuningdek vizual bo’lgan) ma’lumotni (gipertkst yoki gipermedia texnologiyasi) olish;

Statik tasvir yoki ixtiyoriy boshqa bir dinamik vizual qatorni uzluksiz muzika yoki audioovoz bilan birgalikda tasvirlash imkoniyati;

Film yoki video yozuvlardagi videofragmentlarni qo’llash imkoniyati va xakoza, ya’ni “stop – kadr”, videoyozuvni kadr bo’yicha varaqlash funktsiyalari;

Ma’lumotlar bazasi tarkibiga obrazlarni qayta ishlash metodlarini, animatsiyalarni kiritish imkoniyati va x.k.;

Internet global tamog’iga ulanish imkoniyati;

Turli dasturlar (tekst, grafik va ovoz redaktorlari, kartografik informatsiyalar) bilan ishlash imkoniyati ;

Maxsulot tarkibidagi ma’lumotlardan xususiy «galereyani» (tanlanmani) («karman» yoki «eslatmalar» rejimi);

“o’tilgan yo’lni eslab qolish” yoki zarur ekran “sahifa”sida “qatlam”larni yaratish imkoniyati;

Maxsulot tarkibidagi xamma ma’lumotlarni avtomatik ko’rish («slayd-shou») yoki multimediali maxsulot tarkibiga animatsiyali yoki ovozli “yo’lboshlovchi”n kiritish; maxsulot tarkibiga o’yin komponentlarini kiritish imkoniyati;

Ma’lumotlar bo’ylab “erkin” navigatsiya va asosiy menyuga (asosiy mundarijaga) tez qaytish, hamda maxsulotni ixtiyoriy nuqtasiga tez o’tish imkonitini mavjudligi.

Multimediani qo’llanilish sohalari

Kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o’qitish (maxsus tadqiqotlar natijalariga ko’ra, eshitgan narsalarning xotirada choragi eslab qolinadi, ko’rgan narsaning uchdan biri eslab qolinadi, bir vaqtda ko’rib va eshitgan narsalarning 50 %i eslab qolinadi. Agar foydalanuvchi multimediali ilovalar yordamida o’rganish jarayoniga faol jalb etilsa 75 foiz eslab qoladi).

Informatsion va reklama xizmati.

Dam olish, o’yin va virtual reallik tizimlarida.

Nazorat savollari:

Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar.

Multimedianing rivojlanish tarixi.

Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalligi

Multimediani qo’llanilish sohalari

Darsliklar
Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar.