MULOQOT
«MULOQOT» — milliy, ijtimoiysiyosiy va tarixiybadiiy jurnal. Muassisi: Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi. 1991-y. yanv. dan nashr etila boshlagan. Jur. sahifalarida OʻzRning ijtimoiysiyosiy, madaniy-iktisodiy, maʼnaviymaʼrifiy hayoti yoritib boriladi. Mustakillik zamonida xalq va yurt hayotida sodir boʻlgan oʻzgarishlar, islohotlar ilmiy-ommabop ravishda tahlil kilingan maqolalar bosiladi. Jur. sahifalarida turli jamoa tashkilotlari, jamgʻarmalar faoliyatining dolzarb muammolari yuzasidan tanqidiy taxlillar va amaliy takliflar oʻrtaga qoʻyiladi. Adadi 5.190 (2003). Bosh muharriri Barot Boyqobilov.
Ensiklopediya.uz
MULOQOT