MULKDOR

MULKDOR

MULKDORmulk subyekta; mulk obyektiga nisbatan egalik, foydalanish, tasarruf etish huquqiy tamo-yillari asosida mustahkamlangan huquqlarga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Oʻzbekistonda Mulkdorlar qatlamini shakllantirish mulkni davlat tasarrufidan chщarshi va xususiylashtirish jarayonlari orqali amalga oshirildi. 1991 — 94 y. larda kichik xususiylashtirish deb atalgan iqtisodiy islohotlarning 1-bosqichida aholi ixtiyorida boʻlgan davlat uy-joy fondlari tekin yoki imtiyozli tarzda xususiylashtirildi. Umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari bevosita aholiga sotildi. Aksiyadorlar jami-yatita oʻtish, fermer va dehqon xoʻjaliklar, ijara korxonalarining tuzilishi ham bu borada muhim rol oʻynadi. Mamlakatimizda oʻrta mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga alohida eʼti-bor qaratilmoqda (q. Davlat mulki, Davlat mulkini xususiylashtirish).

Ensiklopediya.uz
MULKDOR