Mukofot
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, kattakon o‘rmonda qayrag‘ochlar ostida bir maktab bor ekan. Unda Moshvoy ismli mushukcha, Qag‘-qag‘ ismli qarg‘acha, Dik-dik ismli quyoncha, ismi Chiy-chiy sichqoncha, Pi-pi ismli maymuncha, Xir-xir ismli cho‘chqacha va boshqalar o‘qishar ekan.Mukofot
DO`STLARGA ULASHING:
O‘qish boshlangan kuni Tovusxon ismli juda xushfe’l, muloyim bir o‘qituvchi ularga kitob va daftarlar ulashibdi.
— Kitoblaringizni yirtmasdan, yaxshi saqlanglar. Bu kitoblarni sizdan keyin ukalaringiz ham o‘qishadi, — debdi va ta’kidlab yana qo‘shib qo‘yibdi: — Kimki kitobini yaxshi saqlasa, o‘quv yili oxirida o‘shanga mukofot ham beramiz.
Ular kitob va daftarlarni sevinib-sevinib olib ketishibdi. Oradan ko‘p o‘tmabdi. Bir kuni Chiy-chiy Pi-piga maqtanib:
Muqovasini yeb ko‘rsam, biram mazaliki, — debdi kitobini ko‘rsatib.
Pi-pi ham shunaqamikan-a, deb kitobning muqovasini qiyma-qiyma qilibdi.
Ularni kuzatib turgan Xir-xir ham maq¬tanib qolibdi:
Kitobda piyoz, sholg‘om, kartoshka surati bor ekan, hammasini yedim.
Pi-pi ham qiziqib ketib, kitobdagi jami suratlarni yeb chiqibdi. Qag‘-qag‘ ham bo‘sh kelmabdi. Olcha, gilos, olma, yong‘oq rasmlarini cho‘qib, kitobni ilma-teshik qilib tashlabdi.
O‘quv yili tugashi bilanoq Tovusxon o‘quvchilardan kitoblarni birma-bir yig‘ib olibdi. U Chiy-chiy bilan Pi-pidan ham, Xir-xir bilan Qag‘-qag‘dan ham juda-juda xafa bo‘libdi. Ammo Moshvoy bilan Dik-dikdan xursand bo‘libdi. Chunki ular kitoblarini yirtmay, kir qilmay, ozoda saqlagan, yaxshi tutishgan ekan.
Tovusxon Dik-dikka bitta sabzi, Moshvoyga esa issiqqina bo‘g‘irsoq mukofot beribdi va suratlarini namunalilar qatoriga ilib qo‘yibdi.
Mukofot