Mujskoy kapriz salati tayyorlash retsepti — usullari, restorancha varianti
“Mujskoy kapriz” – ko’pchilik eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida turli go’shtlar mavjudligi sababli, erkaklar ko’proq uni xush ko’rishadi. Ushbu salatning afzalligi – u juda to’yimli hisoblanadi, hatto asosiy taomning o’rnini bosishga ham qodir. MUJSKOY KAPRIZ SALATI TAYYORLASH RETSEPTI Dudlangan kurka go’shti – 100 g; Go’shtli masalliqlar va pishloq somoncha shaklida qilib to’g’rab olinadi, pishloqdan biroz qismini olib qo’yish kerak, u bezatish uchun kerak bo’ladi. Yuqoridagi retsept esa restoran va kafelarda ko’p qo’llaniladi. Unda u yoki bu go’sht turini qaynatilgan tovuq go’shti, mol tiliga almashtirish mumkin. Tajriba qilib, o’zingiz uchun eng mos bo’lgan retseptni yaratishingiz ham mumkin. Retseptda salat qavatma-qavat qilib tayyorlangan, xohishga ko’ra uni aralashtirgan holda tortiq qilish mumkin.Mujskoy kapriz salati tayyorlash retsepti — usullari, restorancha varianti
DO`STLARGA ULASHING:
Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa | Portsiyalar soni: 3
Kerakli masalliqlar:
Dudlangan kolbasa – 100 g;
Qaynatilgan mol go’shti yoki qaynatma kolbasa – 100 g;
Qazi – 100 g;
Qaynatilgan tuxum – 1 ta;
Qattiq navli pishloq – 100 g;
Mayonez – 200 g;
Bezatish uchun salat bargi, tuz, murch.
Tayyorlash bosqichlari:
Tuxum qirg’ichdan chiqariladi yoki go’shtdan ingichkaroq qilib to’g’raladi.
Salat uchun idish yoniga avval salat bargi qo’yiladi, so’ng masalliqlar qavatma-qavat qilib teriladi, har bir qavat ustidan mayonez surtiladi va ta’bga ko’ra tuz va murch sepiladi.
Eng ustki qavatidan mayonez surtilgach, qirg’ichning kichik tishidan chiqarilgan pishloq sepiladi.
Aslida ushbu salatni tayyorlashning retsepti juda ko’p, ba’zi birida faqat qaynatilgan mol va kurka go’shti bo’lsa, boshqalarida piyoz, qo’ziqorin, kartoshka, bodring, yong’oq qo’shilishini uchratish ham mumkin.
Mujskoy kapriz salati tayyorlash retsepti — usullari, restorancha varianti