MUJRIM-OBID

MUJRIM-OBID

MUJRIM-OBID — (taxallusi; asl ismi-sharifi Mirakxoʻja oʻgʻli, 18-a. ning 2-yarmi — hoz. Buxoro viloyati Vobkent tumani Kumushkent qishlogʻi — 19-a. ning 1-choragi) — zullisonayn shoir. Oʻz davri Buxoro adabiy muhitining zabardast vakili. Tarjimai holiga oid maʼlumotlar yetarli emas. Baʼzi manbalarda shoirning ismi Obidxoʻja, otasining ismi Mirakxoʻja ekanligi qayd qilingan. Mirarab madrasasida tahsil koʻrgan. Dastlab Mujrim taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. 19-a. ning boshlarida Amir Haydar unga Obid taxallusini bergan. Lekin u Mujrim taxallusidan ham voz kechmay, har ikkala taxallus bilan ijod etgan. U Amir Xaydar saroyida muboshirlik vazifasida ishlagan. 80 yilcha umr koʻrgan shoir hayotining soʻnggi yillarida qashshoqlikdayashagan. Sheʼrlarida bevafo dun-yodan, adolatsiz zamondan, oqibatsiz odamlardan nolish — shikoyat ohanglari aks etgan.

Ensiklopediya.uz
MUJRIM-OBID