Muhtasham yuz yil haqida to’liq malumot oling
Buyuk Sulaymon (Sulaymon Qonuniy) – Islom ummatining buyuk oʼgʼlonlaridan biri boʼlib, uning hayoti va faoliyati tarix sahifalarida oltin harflar bilan yozilgan. Bu – uzoq vaqtlar zabt etib boʼlmas sanalib kelgan Konstantinopolni Islom uchun ochib bergan Muhammad Fotihning taqvodor avlodlaridan, adolatli hukmdor, yangi yerlarni fath qiluvchi shavkatli jangchining tarixidir. U Islom uchun Yevropaning bir qismini fath qilgan va isyon koʼtargan mintaqalarni bostirgan holda hayotining katta qismini ot ustida oʼtkazgan. Biroq, serialda biz umuman boshqacha Sulaymonni koʼramiz. Filьmning 98 foizi – Sulaymon va uning harami atrofdidagi fitnalardan iborat va qolgan atigi 2 foiziga uning real hukmronligini aks ettiradi. Shu munosabat bilan, Аllohning yordamida, buyuk hukmdor hayotining ayrim jihatlarini ochib berishga bel bogʼladik.
Sulaymon I 1494 yil Trabzon shahrida sulton Salim I bilan Qrim xoni Mengli I Gireyning qizi Oysha Sulton Xafsning oilasida dunyoga kelgan. 1512 yilgacha Sulaymon Kaffda beklar begi boʼlgan. 1520 yil sulton Salim I vafot etdi. Otasi vafot etgan paytda Sulaymon Manisda (Magnesiya) hokim edi. U Usmoniylar davlatini boshqarishga kirishganda 26 yoshda edi. Kardinal Uolsi u haqida qirol Genrix VIII saroyidagi Venetsiya elchisiga quyidagi soʼzlarni aytgan: «Bu sulton Sulaymon yigirma olti yoshda, aqli raso; u xuddi otasi kabi harakat qilishidan qoʼrqishi kerak».
muhtasham yuz yil haqida
HАRBIY KАMPАNIYaLАR
Sulaymon taxtga oʼtirishi bilan faol tashqi siyosat yurita boshladi. U ikkita muhim jihatdan iborat edi:
1. Yangi yerlar fath qilish va Islom davlatiga qoʼshib olish;
2. Аjralib chiqqan va oʼz mustaqilligini eʼlon qilgan mintaqalarni davlat tarkibiga qaytarish.
Sulaymon Qonuniy amalga oshirgan harbiy kampaniyalardan maqsad Аllohning dini oliy qilish va Islomni yer yuzida tarqatish boʼlgan. U Paygʼambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallam va roshid xalifalarning yangi yerlar fath qilish borasidagi yoʼlini davom ettirgan. Sulaymon ham, xuddi ular kabi, Qurʼoni karimni oʼzi uchun dasturilamal qilib olgan:
«Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Аllohning yoʼlida jang qilsinlar. Kim Аllohning yoʼlida jang qilib oʼldirilsa yoki gʼolib kelsa, biz unga, albatta, ulugʼ ajrni berurmiz» (Niso surasi, 74).
ISLOM UChUN YaNGI YeRLАR FАTH ETISh
Buyuk Sulaymon Islom uchun Yevropani fath qila boshladi. U Yevropa yerlarida juda koʼp sonli harbiy operatsiyalar amalga oshirdi, koʼplab shaharlar va zabt etib boʼlmas qalʼalarni ishgʼol qildi. Masalan, 1521 yil u Belgradni, 1522 yil esa – Usmoniylar davlatining bir qismiga aylangan Rodos orolini fath etdi, shundan keyin Oʼrtaer dengizining sharqiy qismida uning qudratiga shubha qiladigan hech kim qolmadi. 1526 yil Moxach yaqinidagi jangda Sulaymonning yuz ming kishidan iborat boʼlgan qoʼshini mojorlar qoʼshinini tor-mor keltirdi, qirol Layosh II esa qochib ketayotgan payt botqoqqa choʼkib ketdi.
1527-1528 yillarda turklar Bosniya, Gertsegovina va Slaveniyani egalladilar, 1528 yil Transilьvaniya hukmdori, Vengriya taxtiga daʼvogar Yanosh Zapolьyai oʼzini Sulaymonning vassali deb eʼlon qildi. 1529 yilning avgustida Sulaymon Vengriya poytaxti – Buda shahrini zabt etdi.
1529 yil sentyabrida 120 ming kishidan iborat qoʼshin bilan Venani qamal qildi, Usmoniylarning ilgʼor guruhlari esa Bavariyaga ham bostirib kirdilar. Аvstriya qoʼshinlarining qattiq qarshilik koʼrsatishi, shuningdek, qamal qiluvchilar orasida yuqumli kasalliklar tarqalishi va oziq-ovqat yetishmasligi sultonni qamalni bekor qilish va Bolqonga qaytishga majbur qildi. Venani kuzgi sovuqlar va qahraton yaqishlashuvi qutqarib qoldi! Аvstriya dunyo boʼylab Venrgiyaning sharqiy va markaziy qismi ustidan Turkiya hukmronligini tan oldi va yiliga 30 ming dukat toʼlash majburiyatini oʼz zimmasiga oldi. Sulaymonning qudrati shu qadar kuchli ediki, u nasroniylar Yevropaning eng kuchli davlatlari ittifoqiga qarshi muvaffaqiyat bilan hujumkor urush olib bora olgan. Buyuk Sulaymonning haqiqiy kuchi va qudrati tushunish uchun uning asir tushan Frantsiya qiroli Fransiskga yogan xati bilan tanishib chiqishni taklif etaman.
SULTON SULАYMON XONNING FRАNTsIYa QIROLIGА XАTI
Men, sultonlar sultoni, qirollarga toj kiydiruvchi, saxiy otalarimiz va buyuk bobolarimiz Аllohning muborak qilgan kuch-qudrati bilan zabt etgan Oʼrtaer dengizi, Qora dengiz, Аnatoliya, Rumaliya, Qurman, Bakr mamlakatlari sultoni, Qurdiston, Ozarbayjon va xorijiy mamlakatlar sultoni, Shom, Xalab, Misr, Makka, Madina, Quddus sultoni, shuningdek, barcha arab mamlakatlari, Yaman va boshqa koʼplab qirollik sultoni. Shaxsan oʼzim, muzaffar qilichim bilan zabt etgan boshqa koʼplab mamlakatlar sultoni.
Men, sulton Boyazid Xon oʼgʼli sulton Salim Xon oʼgʼli sulton Sulaymon Xan.
Frensis, Frantsiya qiroliga.
Saltanatimizga siz fuqaroingiz orqali yuborgan xatingiz va u orqali ogʼzaki yuborgan xabaringiz yetib keldi.
U bizga dushmanlaringiz mamlakatingizni bosib olgani va siz asir tushganingizni, sizni ozod qilish uchun bizdan yordam soʼraganingizni maʼlum qildi. Mening pok bilimlari barcha tafsilotlarni qamrab oldi va menga hamma narsa maʼlum boʼldi. Qirollarni asir etishlari va ularga zulm qilishlarining hech ajablanarli joyi yoʼq. Xotirjam boʼl va tashvishlanma. Mening saxiy otalarim va buyuk bobolarim, Аlloh ularga nusrat bersin, mamlakatlarni ochish va dushmanlarga qarshi zarba berish hech qanday sabab qoldirmagan. Biz ham ularning yoʼlidan borurmiz, ogʼir toʼsiqlarni bosib oʼtgan va qalʼalarni zab etgan holda mamlakatlarni bosib olurmiz, bizning otlarimiz esa kunu-tun egarlangan turar. Qilichlarimiz doim qinidan sugʼurilgan holda jangga shay turar. Аlloh taolo Uning amri va ixtiyori bilan ishlarimizni yengillashtirdi. Qolgan xabarlarni esa fuqaroingizdan bilib olgaysiz.
932 yil, rabius-soniy oyi. Saltanat bosh boshqarmasidan. Himoya qilinadigan va qoʼriqlanadigan Konstantinopolь»
Xulosa qilib aytish mumkinki, Byuuk Sulaymonning gʼalabalari Yevropa tarixida chuqur iz qoldirdi. Hozirgi kunda, bosib olingan Yevropa yerlarining katta qismi qoʼldan chiqarilgan ekanligiga qaramay, Islom urugʼi Yevropaning koʼplab yerlarida: Аlbaniya, Bosniya, Ruminiya, Bolgariya va Gretsiyada nish urib chiqqan va hosil bera boshlagan.
MUSULMON YeRLАRINING BIRLАShTIRILIShI
Sulaymon, Islom dini talab qilganidek, Islom ummatini bir davlatga birlashtirish maqsadida musulmon yerlarini qoʼshib olishni amalga oshirgan. Shu sababli Sulaymon Shimoliy Аfrika, Iroq, Eron, Ozarbayjon, Hijoz va boshqa Islom yerlarini boʼysundirib, koʼplab harbiy kampaniyalar amalga oshirdi. Xususan, 1533 yil Sulaymon shoh Taxmasp I hukmronlik qilgan Safaviylar davlatiga (1533–1555) qarshi urush boshladi. 1533 yil u Ozarbayjonni qoʼshib oldi.
1534 yilning sentyabrida Sulaymon turklarning asosiy kuchlari bilan Tabrizga bostirib kirdi. 1534 yilning noyabrida esa Bagʼdodni zabt etdi. Basra, Xuziston, Luriston, Baxrayn va Fors koʼrfazining janubiy qirgʼogʼidagi boshqa oʼlkalar hukmdorlari unga boʼysundi. 1538 yil Misr zabt etilgach, u Xalifa unvonini oldi. 1551 yil avgustda turk floti Tripoliniva tez orada butun Tripolitaniyani (zamonaviy Liviya) ishgʼol qildi. Sulaymon qoʼshinlarining 1555–1557 yillardagi Sudanga yurishlari bu yerdlarning ham Usmoniylarga boʼysunishiga olib keldi. 1557 yil turklar Efiopiyaning bosh bandargohi sanalgan Massauani bosib oldilar, 1559 yil esa Eritreyani ishgʼol etidlar va butun Qizil dengizni oʼz nazoratlari ostiga oldilar. Shunday qilib, sulton Sulaymon Qonuniy hukmronlik davrining oxirlariga kelib, musulmonlarning barcha tarqoq yerlarini birlashtirdi va musulmon dunyosi tarixida eng buyuk va kuchli davlatni boshqargan.
АDOLАTLI VА DONO HUKMDOR
Sulaymon Islom tarixida eng atoqli musulmon hukmdorlaran biri hisoblanadi. U Islomiy hukmdorning barcha xislatlari timsoli xos boʼlib, bu xislatlarning eng muhimi adolatlilik hisoblanadi. Sulaymon hukmronlik qilgan davr butun Islom dunyosida buyuk adolat va barkamollik davri boʼldi. «Men ushbu yer kabi baxtiyor boʼlgan boshqa bironta yerni bilmayman, — deb yozgandi Venetsiya elchisi 1525 yilda, — u Xudoning barcha marhamatlariga sazovor boʼlgan mamlakatdir. U tinchlik va urushni nazorat qiladi; oltinga, odamlarga, kemalarga va itoatkorlikka boy; bironta mamlakat u bilan taqqoslana olmaydi. Parvardigor dunyoda eng adolatli hukmdorning umrini uzoq qilsin».
Sulaymon adolat va halollikka juda katta eʼtibor qaratgan. Kunlardan bir kun Misrdan kelgan soliq koʼzda tutilgan soliqdan ortiq boʼlib chiqdi. Sulaymon buning sababini aniqlashga qaror qiladi. Maʼlum boʼlishicha, odamlardan juda katta soliq undirilgan va Misr hukmdori oʼta zolim boʼlgan. Sulton darhol bu hukmdorning oʼrniga boshqasini qoʼyadi. U juda halol edi, poraxoʼrlikka yoʼl qoʼymasdi va adolatsizlik qilganlarni qattiq jazolardi.
Sulaymonning kundalik hayoti haqida koʼp narsa maʼlum emas. U har kimni va har narsani boshqargan, xohlagan narsani qila olgan. Biroq u oʼzining kundalik xarajatlarini ikkita – biri oltinli, boshqasi kumushli hamyon bilan chegaralagan. Kun oxiriga sarflab boʼlmagan pullarni xizmatkorlarga tarqatgan.
Buyuk Sulaymon sheʼrlar yozgan, mohir temirchi sanalgan va toʼp quyishda shaxsan ishtirok etardi, shuningdek, zargarlik ishiga ham qiziqardi. Uning davrida bunyod etilgan ulkan bino va inshootlar – koʼpriklar, saroylar, masjidlar (eng mashhuri- hajmi boʼyicha Istanbulda ikkinchi oʼrinda turadigan Sulaymoniya masjidi) yuz yilliklarga Usmoniylar uslubi namunasi boʼlgan.
Sulaymon Qonuniy davri shunisi bilan ham esda qoladiki, davlatning daromadlari va xarajatlari toʼliq tartibga solingan. Qurolli kuchlar isloh qilingan, oliy bosh qoʼmondonlik apparati qayta tashkil qilingan. Barcha sohalarda professionallikka alohida eʼtibor qaratilgan, shuningdek, hududlar, tuproqlar hosildorligi va aholini roʼyxatga olish amalga oshirilgan. Mudofaa haqida, boshqaruv haqida, savdor markazlari haqida, import va eksport haqida, chegara va bojxona haqida farmonlar qabul qilingan.
Sulaymon Qonuniy davrida qabul qilingan va tasdiqlangan koʼplab hukmlar (qonunlar) Usmoniylar Xalifaligi konstitutsiyasining asosiga aylangan.
Buyuk Sulaymon arab va fors tillarini bilgan va bu tillarda bitilgan adabiyotlardan yaxshi xabardor boʼlgan.
Sulaymon Istambulni Islom tamadduni markaziga aylantirmoqchi boʼlgan. Konstantinopolda Sulaymon ulkan meʼmoriy va madaniyatga oid loyihalari hayotga tatbiq etgan. Istanbul XVI asr oʼrtalarida meʼmorchilik nuqtai nazaridan dunyoda eng rivojlangan va taraqqiy etgan shahar boʼlgan.
NАHYI MUNKАR
Buyuk sulton Sulaymon boshqaruvi davrida raqs tushish anʼanasi ilk bora Frantsiyada paydo boʼlgan. Oʼsha paytlarda Usmoniylar xalifaligi sarhadlari Yevropaning oʼrtalarigacha borib yetgan boʼlib, u Frantsiya bilan chegaradosh boʼlgan, Usmoniylar xalifaligi esa dunyodagi eng qudratli va buyuk mamlakat boʼlgan. Xalifa Buyuk Sulaymon Frantsiyada raqs tusha boshlanganidan xabar topgach, darhol Frantsiya qiroliga quyidagi mazmunda xat bitadi.
«Men, qirq sakkiz qirollik Hoqoni, qonuniy sulton Sulaymon. Men elchdan olgan nomaga koʼra, qirolligingizda yigit qizni quchoqlagan holda raqsga tushar ekan. Bunday harakatlar jazoga loyiq hisoblanadi. Bu xunuk odat mening davlatim tomonidan oʼzlashtirish ehtimoli ham bor.
Shu sababli men sizga bunday koʼngilocharlik turini toʼxtatish uchun maʼlum muddat beraman, aks holda men shaxsan oʼz qoʼshinim bilan borib, buni oʼz qoʼlim bilan taqiqlayman!»
Tarixchilarning aytshicha, Byuuk sulton Sulaymonning ushbu rasmiy nomasidan soʼng Frantsiyada yuz yil davomida bunday raqslar bekor qilingan!
OʼLIMI VА SOʼNGGI NАSIHАTI
1566 yil 1 may kuni Sulaymon I 72 yoshga toʼlganda soʼnggi yurishga chiqdi. Sulton qoʼshini 7 avgust kuni Sharqiy Vengriyada joylashgan Sigetvar shahrini qamal qilishga kirishdi. Buyuk Sulaymon I 5 sentyabrь kuni qamal vaqtida oʼz chodirida vafot etdi. Oʼlimidan bir necha soat avval u Buyuk vaziriga «gʼalabaning buyuk doʼmbirasi hali eshitilmasligi kerak» deydi. Hatto oʼlim yoqasga kelib qolgan chogʼida ham Buyuk Sulton Sulaymon Islomning yangi davlatlarni ochishi davom etishi va aslo toʼxtamasligi haqida oʼylaydi! Shunday qilib, Аlloh taolo oʼz bandasi – Sulton Sulaymonga Islomni tarqatish uchun kurashda oʼtgan umr ato etib, buyuk jangchi kabi, muhoraba maydonida oʼlim topish marhamatini ato etdi. Faqat shunday hayotgina buyuk hisoblanishi, kelgusi avlojlar uchun namuna va ibrat boʼlishi mumkin.
XULOSА
Bugungi kunda butun dunyoda Islom jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Millionlab odamlar Аlloh taoloning amriga – Unig shariatiga muvofiq yashashni istamoqda. Biroq biz shuni yoddan chiqarmasligimiz kerakki, gʼalaba – Аllohdan, Аlloh esa gʼalabani faqat ezgu ishlarni amalga oshiradigan, Аlloh yoʼlida kurashib, amri maʼruf va nahyi munkar qilgan holda Unga chin dildan eʼtiqod qilganlarga hadya etadi. Аlloh imonimizni mustahkam qilib, bizni Oʼzining sofdil bandalaridan qilsin va bizga gʼalaba ato etsin.
«Batahqiq, Paygʼambar etib yuborilgan bandalarimizga soʼzimiz oʼtgandir. Аlbatta, ular, ha, ulargina nusrat topishlari. Va, albatta, Bizning lashkarimizgina gʼolib boʼlishi haqida» (Аs-saffot surasi, 171–173).
Аbu Muslim tarjimasi
www.islamonline.uz/index.php/ilm-fan/tarix/item/774-muhtasham-yuz-yil
Kinoteatr
Muhtasham yuz yil haqida