MUHSINIY

MUHSINIY

MUHSINIY (taxallusi; asl ismsharifi Husaynqul Sulaymonqul oʻgʻli) (1860—Qoʻqon)—1917) — shoir, tarjimon va xattot. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Mirzo Yodgor va Hokimoyim madrasalarida tahsil koʻrgan. Madrasada oʻqib yurgan yillarida Muqimiy va Furqat bilan tanishadi. Muhsiniyning 4 ta sheʼriy devoni bor. U Sharq mumtoz adabiyotining gʻazal, mustazod, mu-xammas, qasida, taʼrix, ruboiy, masnaviy, musaddas, tarjeʼband kabi janrlarida qalam tebratgan. Uning «Riyoz ul-anom fi musobih uzzalom» nomli falsafiy, axloqiy dostonida insoniy va ilohiy muhabbat, ilmmaʼrifat, hunar va fazl ahlini ulugʻlash oʻz aksini topgan. Koʻpgina sheʼrlarida Turkistonning chorizm tomonidan asoratga solinayotgani, xalqning qadrqimmati, dini, diyonati poymol qilinayotganidan noroziligi ifodalangan. Xalq va mamlakatning jaholat, razolatdan chiqishida ilmmaʼrifat asosiy najot ekanligini tushungan va targʻib qilgan.

Ensiklopediya.uz
MUHSINIY