MUHIM SANALAR

MUHIM SANALAR
muhim sanalar 66eac314bf888

images

MUHIM SANALAR

Mundarija скрыть
MUHIM SANALAR
DO`STLARGA ULASHING:
1 yanvar — Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni. 1 yanvar — «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (2004). 1 yanvar — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kompozitor, sozanda (g‘ijjak), xonanda Matniyoz Abdalniyozovich Yusupov (1925-1992) tavalludining 90 yilligi. 1 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti Zohid Sodiqov (1910-1962) tavalludining 105 yilligi. 1 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Hikmat Latipov (1900-1981) tavalludining 115 yilligi. 2 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi jahon metrologiya tashkilotiga (JMT) a’zo bo‘lgan kun (1993). 3 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat kitob palatasi tashkil topgan kun (1926-2012). 6 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi hamda Sudan Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 10 yilligi (2005). 6 yanvar — Adabiyotshunos, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Marat Nurmuhamedov (1930-1986) tavalludining 85 yilligi. 9 yanvar — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Nazir Safarov (1905-1985) tavalludining 110 yilligi. 9 yanvar — Geolog va geograf olim, professor Ivan Vasilevich Mushketov (1850-1902) tavalludining 165 yilligi. 10 yanvar — Ichki qo‘shinlar tashkil topgan kun (1992). 10 yanvar — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek (1905-1968) tavalludining 110 yilligi. 11 yanvar — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Filipp Ivanovich Grishenko (1915-1985) tavalludining 100 yilligi. 11 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, pedagog va dirijyor Reyngold Maritsevich Glier (1875-1956) tavalludining 140 yilligi. 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni (1993). 15 yanvar — Farg‘ona viloyati tashkil topgan kun (1938). 15 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek raqqosasi, baletmeyster Ishoqova Malohat (1925) tavalludining 90 yilligi. 15 yanvar — Shoir Sulton Jo‘ra (Jo‘rayev Sulton, 1910-1943) tavalludining 105 yilligi. 15 yanvar — Geolog olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi G‘ani Orifxonovich Mavlonov (1910-1988) tavalludining 105 yilligi. 16 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi hamda Sloveniya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995). 16 yanvar — Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universiteti tashkil topgan kun (2002). 19 yanvar — Qashqadaryo viloyatining o‘lkashunoslik muzeyi tashkil topganining 40 yilligi (1975). 23 yanvar — Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1997). 23 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilgan kun (1992). 24 yanvar — Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil topgan kun (1992). 25 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor va aktyor Sharif G‘aniyevich Qayumov (1905-1973) tavalludining 110 yilligi 26 yanvar — Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983). 28 yanvar — “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun (1992). 30 yanvar — Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga qabul qilingan kun (1992). 30 yanvar — O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tug‘ilgan kun (1938). 31 yanvar — Zargarlar kasb bayrami. Yanvar – Respublika bolalar kutubxonasining tashkil topganining 50 yilligi (1965).
1 fevral — Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan (2001) kun. 2 fevral — O‘zbekiston xalq shoiri G‘ayratiy (Abdurahim Abdullayev, 195-1976) tavalludining 110 yilligi. 6 fevral — Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) ta’sis etilgan kun. 6 fevral — O‘zbekiston Respublikasi hamda Xorvatiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995). 7 fevral — Toshkent viloyati G‘azalkent shahriga asos solingan kun (1964). 7 fevral — San’atshunos, arxeolog-olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Galina Anatolevna Pugachenkova (1915-2007) tavalludining 100 yilligi. 7 fevral — Shoir, dramaturg, pedagog Rafiq Mo‘min (Mo‘minov Rafiq, 1900-1951) tavalludining 115 yilligi. 8 fevral — Aeroflot kuni (1979) (har fevral oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi). 8 fevral — Adabiyotshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori Hofiz Shoaxmedovich Abdusamatov (1925) tavalludining 90 yilligi. 9 fevral — Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavallud topgan kun. 12 fevral — FA muhbir a’zosi Saodat Sodiqovich Sodiqov (1910-1995) tavalludining 105 yilligi. 13 fevral — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan (2001) kun. 14 fevral — O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun. 16 fevral — O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT)ga a’zo bo‘lgan kun (1992). 17 fevral — Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva). 18 fevral — O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tashkil topgan kun (1995). 21 fevral — Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO). 22 fevral — “Adolat” O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi gazetasining ilk soni nashr etilganligining 20 yilligi (1995). 23 fevral — “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun (1991). 23 fevral — O‘zbekiston xalq shoiri Charxiy (Hamroaliyev Asqarali, 1900-1979) tavalludining 115 yilligi. 24 fevral — Toshkentda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filiali tashkil topgan kun (2006). 24 fevral — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘lgan kun (1994). 26 fevral — O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).
1 mart — Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni. 1 mart — Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni. 1 mart — O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi – YuNISEF vakolatxonasi ochilgan kun. 1 mart — O‘zbekiston xalq shoiri, Mehnat qahramoni, tarjimon Zulfiya (Zulfiya Isroilova, 1915-1996) tavalludining 100 yilligi. 2 mart — Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘lgan kun (1992). 2 mart — O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ta’sis etilgan kun (1992). 4 mart — O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari kuni (1999). 4 mart — O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996). 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami. 10 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tilshunos-turkiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, Pedagogika FA akademigi Viktor Vasilevich Reshetov (1910-1979) tavalludining 105 yilligi. 11 mart — Namangan viloyati tashkil topgan kun (1941). 14 mart — “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (2000). 15 mart — Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni. 15 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, agronom olim, Mehnat qahramoni Nazrulla Mannonovich Mannonov (1909-1981) tavalludining 105 yilligi. 16 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov (1930-1995) tavalludining 85 yilligi. 17 mart — “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004). 17 mart — O‘zbekiston futboli kuni. 17 mart — Butunjahon Dengiz kuni. 19 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, pedagogika fanlari doktori, professor Siddiq Rajabov (1910-1993) tavalludining 105 yilligi. 19 mart — Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144) tavalludining 940 yilligi. 20 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, ssenarist, tarjimon G‘ani Rasulov (1935-1990) tavalludining 80 yilligi. 21 mart — Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992). 21 mart — Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002). 21 mart — Xalqaro irqiy kamsitishlarni bartaraf etish uchun kurashish kuni. 21 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, FA akademigi, ximiya fanlari doktori, professor Xusni Rustamovich Rustamov (1910), tavalludining 105 yilligi. 22 mart — Butunjahon suv kuni (1992). 22 mart — Qoraqalpog‘istonda, Turkmanistonda, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori Nikolay Aleksandrovich Baskakov (1905-1996) tavalludining 110 yilligi. 23 mart — Butunjahon metrologiya (1950) kuni. 24 mart — Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni. 24 mart — O‘zbekiston Respublikasining Chegara qo‘shinlari tashkil etilgan kun (1992). 24 mart — Toshkent shahrida Inxa Universiteti tashkil topgan kun (2014). 27 mart — Xalqaro teatr kuni (1961). 28 mart — O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov (1940) tavalludining 75 yilligi.
1 aprel — Xalqaro kulgi kuni. 1 aprel — Butunjahon qushlar kuni. 2 aprel — Xalqaro bolalar kitobi kuni (Bolalar yozuvchisi Xans Kristian Andersen (1805-1875) tavallud topgan kunda nishonlanadi). 5 aprel — O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993). 5 aprel — Geologlar kuni (Har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi). 7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni (1948). 7 aprel — Toshkent Islom universiteti tashkil topgan kun (1999). 9 aprel — Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun. 9 aprel — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi (1993) tasdiqlangan kun. 12 aprel — Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962). 17 aprel — Yong‘in havfsizligi xizmati xodimlari kuni. 18 aprel — Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni. 19 aprel — Xalqaro ilm-fan kuni (Har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi, 1990). 22 aprel — Xalqaro yer sayyorasi kuni (BMTda 1990 yili e’lon qilingan). 23 aprel — Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni (1995 yili YuNESKOning 28-konferensiyasida e’lon qilingan). 24 aprel — Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957). 25 aprel — “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan kun (2001). 26 aprel — Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996). 26 aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni. 26 aprel — Birodarlashgan shaharlar kuni (1957, har yili aprel oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi). 27 aprel — Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil topgan kun (2009). 27 aprel — O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa va rejissyor Galina Nikolayevna Zagurskaya (1905-1978) tavalludining 110 yilligi. 28 aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003). 28 aprel — “Turkestanskiye vedomosti” gazetasining ilk soni nashr etilganligining 145 yilligi (1870-1917). 29 aprel — Xalqaro raqs kuni. 30 aprel — O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan kun (1992).
1 may — Farg‘ona davlat universiteti tashkil topganining 85 yilligi (1930). 1 may — Chirchiq shahar o‘lkashunoslik muzeyi tashkil topgan kun (1959). 1 may — O‘zbekiston xalq artisti, opera qo‘shiqchisi G‘ulom Abdurahmonov (1910-1987) tavalludining 105 yilligi. 1 may — O‘zbekiston xalq artisti, sirk artisti Akrom Mamatovich Yusupov (1905-1975) tavalludining 110 yilligi. 3 may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1994). 5 may — “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun (1994). 5 may — O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, FA akademigi, geolog olim Ibrohim Hamroboyevich Hamroboyev (1920-2002) tavalludining 95 yilligi. 5 may — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Hamid Sulaymonov (1910-1979) tavalludining 105 yilligi. 7 may — Radio kuni (1945). 7 may — “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1993). 8 may — Butunjahon Qizil Xoch tashkilotiga asos solingan kuni (1953). 9 may — Xotira va Qadrlash kuni (1999) – umumxalq bayrami. 10 may — Matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Sa’di Hasanovich Sirojiddinov (1920-1988) tavalludining 95 yilligi. 10 may — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dirijyor, pedagog Ashot Ivanovich Petrosyans (1910-1978) tavalludining 105 yilligi. 12 may — Xalqaro hamshiralar kuni. 14 may — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg Uyg‘un (Rahmatulla Otaqo‘ziyev, 1905-1990) tavalludining 110 yilligi. 15 may — Butunjahon oila kuni (1994). 16 may — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov (1930-1995) tavalludining 85 yilligi. 17 may — Xalqaro elektraloqa kuni (1969). 17 may — O‘zbekiston Respublikasi tog‘-metallurgiya sanoati xodimlari kuni (2001) (Har yili may oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi). 17 may — O‘zbekiston xalq rassomi, manzarachi rassom Nikolay Grigorevich Karaxan (1900-1970) tavalludining 115 yilligi. 17 may — Taniqli bibliograf, “Turkiston to‘plami” ko‘rsatkichi tuzuvchisi Vladimir Izmaylovich Mejov (1830-1894) tavalludining 185 yilligi. 18 may — Xalqaro muzeylar kuni (1977). 19 may — Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995). 21 may — Xalqaro metrologiya kuni (YuNESKO qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi). 22 may — Xalqaro biologik rang-baranglik kuni (1994). 23 may — O‘zbekiston Respublikasi hamda Komor Orollari o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 10 yilligi (2005). 30 may — O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir (Tursunov Mirtemir, 1910-1978) tavalludining 105 yilligi. 31 may — Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni. 31 may — Kimyogarlar kuni (1956) (Har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi). May – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil topganining 145 yilligi. (Turkestanskiye vedomosti. – 1970. – 21 may.)
1 iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni (1949). 5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (1972). 7 iyun – Melioratorlar kuni (Har yili iyun oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi). 8 iyun – Tarixchi, diplomat, shoir Rizoqulixon Hidoyat (1800-1871) tavalludining 215 yilligi. 10 iyun – “Milliy tiklanish” O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (MTDP) gazetasining ilk soni nashr etilganligining 20 yilligi (1995). 10 iyun – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1999). 10 iyun – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad (Xusanxo‘jayev Saidahmad, 1920-2007) tavalludining 95 yilligi. 14 iyun – Butunjahon Donorlar kuni. 14 iyun – Yengil sanoat xodimlari kuni (Har yili iyun oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi). 15 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor Mavlon Xudoyberganovich Nazarov (1910-2000) tavalludining 105 yilligi. 16 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor, pedagog Sharif Ramazonov (1910-2002) tavalludining 105 yilligi. 17 iyun – Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni. 19 iyun – Butunjahon bolalar futboli kuni. 20 iyun – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1990). 21 iyun – “O‘zbekiston ovozi” ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (Dastlab 1918 yilda “Ishtirokiyun” nomi bilan chop etilgan, 1991 yildan hozirgi nomda, XDP gazetasi). 23 iyun – Xalqaro Olimpiada kuni. 26 iyun – Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni (1988). 27 iyun – O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni (1993 y. 24 iyun O‘zR Prezidenti farmoni). 27 iyun – Ixtirochilar va ratsionalizatorlar kuni (Har yili iyun oyining oxirgi shanbasida nishonlanadi). 28 iyun – Savdo, matbuot kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni (Har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi). 30 iyun – Tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Yevgeniy Karlovich Betger tavallud topgan kun (1887-1956).
1 avgust – O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Aleksey Nikolayevich Ivanov (1905-1987) tavalludining 110 yilligi. 1 avgust – Mahallalar kuni (Har yili avgust oyining 1-chi shanbasida nishonlanadi). 2 avgust – Temir yo‘lchilar kuni (1936) (Har yili avgust oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi). 4 avgust – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, grafikachi rassom, Igor Vitalevich Savitskiy (1915-1984) tavalludining 100 yilligi. 6 avgust – Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish kuni. Xirosima fojeasi kuni. 9 avgust – Xalqaro jahon tub xalqlari kuni (1994). 9 avgust – Fizkulturachilar kuni (Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi). 9 avgust – Quruvchilar kuni (Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi). 10 avgust – O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Amin Turdiyev (1910-1978) tavalludining 105 yilligi. 12 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati tashkil topgan kun. 15 avgust – Telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar (miniatyura) ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Elbek Musayev (1935) tavalludining 80 yilligi. 15 avgust – O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Yo‘ldoshevna Ja’farova (1915-1997) tavalludining 100 yilligi. 16 avgust – “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996) (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi). 16 avgust – O‘zbekiston Respublikasining Havo floti kuni (1995) (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi). 22 avgust – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997). 23 avgust – Pyotr Fokich Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji tashkil topganligining 80 yilligi (1935). 25 avgust – Xalqaro talabalar ittifoqiga asos solingan kun. 27 avgust – Kino kuni (1979). 28 avgust – “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (1998). 28 avgust – Sharqning buyuk mutafakkiri, tabib va faylasuf Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy (865-925) tavalludining 1150 yilligi. 29 avgust – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1996). 29 avgust – “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (2003). 30 avgust – “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan kun (2000). 30 avgust – “Mehnat shuhrati”, “Shon-sharaf” ordenlari ta’sis etilgan kun (1995). 30 avgust – Shaxtyorlar kuni (Har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi). 30 avgust – O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996). 30 avgust – O‘rta Osiyoning atoqli bibliograflaridan biri Nikolay Appolonovich Burov (1885-1969) tavalludining 130 yilligi. 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni.
1 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991). 1 sentyabr – Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochilgan kun. 2 sentyabr – Yangi 2015-2016 o‘quv yilining boshlanish kuni. 2 sentyabr – Huquqshunos olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, yuridik fanlari doktori Hojiakbar Rahmonqulov (1925-2013) tavalludining 90 yilligi. 5 sentyabr – Toshkentda Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti tashkil topgan kun (2007). 5 sentyabr – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, yozuvchi va dramaturg Sobir Abdulla (Abdullayev Sobir, 1905-1972) tavalludining 110 yilligi. 6 sentyabr – Neft va gaz sanoati ishchilari kuni (Har yili sentyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi). 7 sentyabr – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet tashkil topganligining 95 yilligi (1920). 7 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Kambodja davlati o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995). 7 sentyabr – Rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev (1945) tavalludining 70 yilligi. 8 sentyabr – Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni (1958). 9 sentyabr – Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni. 10 sentyabr – Matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-1995) tavalludining 100 yilligi. 13 sentyabr – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1989). 13 sentyabr – Xalqaro fashizm qurbonlarini xotirlash kuni (Har yili sentyabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi). 15 sentyabr – O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burxonov (1910-1997) tavalludining 105 yilligi. 16 sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni (1995). 16 sentyabr –Bahouddin Naqshband kuni (1993). 18 sentyabr – O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqiga (XGI) a’zo bo‘lgan kun (1993). 18 sentyabr – Teatr rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Brim Georgiy Robertovich (1935-1988) tavalludining 80 yilligi 21 sentyabr – Xalqaro tinchlik kuni (2001). 22-23 sentyabr – Kuzgi teng-kunlik – “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh). 24 sentyabr – Aktyor, rejissyor, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jayev (1910-1977) tavalludining 105 yilligi. 25 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilgan kun (1991). 27 sentyabr – Butunjahon Turizm kuni. 27 sentyabr – Mashinasozlar kuni (Har yili sentyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi). 29 sentyabr – Bekobod tumani tashkil etilgan kun (1926). 29 sentyabr – Farg‘ona tumani tashkil etilgan kun (1926).
1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996). 1 oktyabr – Xalqaro musiqa kuni (1980). 1 oktyabr – Qariyalar kuni (1992). 2 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Ozarbayjon Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995). 4 oktyabr – Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni. 5 oktyabr – Xalqaro shifokorlar kuni (1984) (har yili oktyabr oyining birinchi dushanbasida nishonlanadi). 5 oktyabr – Qoraqalpog‘iston yozuvchisi, filologiya fanlari doktori, dramaturg, adabiyotshunos Najim Davqorayev (1905-1953) tavalludining 110 yilligi. 6 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Ruminiya bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995). 6 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Senegal Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995). 9 oktyabr – Butunjahon pochta kuni. 11 oktyabr – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi.) 12 oktyabr – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, geolog olim, FA akademigi, geologiya va mineralogiya fanlari doktori, professor Obid Murodovich Akromxo‘jayev (1920-1996) tavalludining 95 yilligi. 13 oktyabr – Xalqaro ofatni kamaytirish kuni. 14 oktyabr – Xalqaro standartlashtirish kuni (1946). 15 oktyabr – O‘zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasiga a’zo bo‘lgan kun. 15 oktyabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalar yozuvchisi, Hakim Nazir (Nazarov Hakim Nazirovich, 1915-2008) tavalludining 100 yilligi. 15 oktyabr – O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor va dirijyor Aleksey Fedorovich Kozlovskiy (1905-1977) tavalludining 110 yilligi. 16 oktyabr – Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni. 17 oktyabr – Xalqaro kambag‘alchilikni bartaraf etish uchun kurashish kuni (1995). 18 oktyabr – Samarqand shahri kuni (1996). 18 oktyabr – Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi). 20 oktyabr – Xiva shahri kuni. 21 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun (1989). 22 oktyabr – Infeksionist olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Ishoq Qurbonovich Musaboyev (1910-2003) tavalludining 105 yilligi. 23 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi (1993) YuNESKOga a’zo bo‘lgan kun. 24 oktyabr – Xalqaro BMT kuni (1945). 25 oktyabr – Xalqaro tinchlik uchun xotin qizlar kurashish kuni (1980). 25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni (2006). 25 oktyabr – Avtomobil transporti xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi). 26 oktyabr – Xalqaro maktab kutubxonalari kuni (Har yili oktyabr oyining 4-chi dushanbasida nishonlanadi). 27 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Armaniston Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995). 31 oktyabr – Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy Markazi tuzilgan kun (1996).
1 noyabr – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kun (1991). 5 noyabr – Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko‘rsatuvlari namoyishi boshlangan kun (1956). 8 noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni (Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi). 8 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi “Jahon” axborot agentligiga asos solingan kun (1995). 10 noyabr – Butunjahon Yoshlar kuni (1945). 12 noyabr – Butunjahon sifat kuni (1989). 14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni. 15 noyabr – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik” partiyasi ta’sis etilgan kun (2003). 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni (1995 yil YuNESKO bosh konferensiyasining XXVIII yig‘ilishida qabul qilingan). 16 noyabr – YuNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945). 17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni. (1946). 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun (1991). 18 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor Rahima Hodiyevna Aminova (1925-2001) tavalludining 90 yilligi. 19 noyabr – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari artilleriyasi kuni. 20 noyabr – Bola huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1989). 21 noyabr – Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913). 21 noyabr – Butunjahon televideniye kuni (1996). 21 noyabr – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan kun (1995). 29 noyabr – Paxta bayrami (Har yili noyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi). 29 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Sulton (1910-2001) tavalludining 105 yilligi. 30 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor, aktyor, pedagog Razzoq Hamroyev (1910-1981) tavalludining 105 yilligi.
1 dekabr – Butunjahon orttirilgan immunitet tansiqligi sindromi kasalligi (OITS) ga qarshi kurash. 3 dekabr – Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni (1992). 4 dekabr – O‘zbekiston faxriylari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab himoyalash “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996). 4 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan kun (1993). 5 dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar kuni (1992). 5 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor-baletmeyster, raqqos Akbar Nishonovich Mo‘minov tavalludining 80 yilligi (1935). 6 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev (1940) tavalludining 75 yilligi. 7 dekabr – Turkiyshunos, folklorshunos va etnograf olim Abubakir Ahmadjonovich Divayev (1855-1933) tavalludining 160 yilligi. 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992) qabul qilingan kun – umumxalq bayrami. 10 dekabr – Inson huquqlari kuni (1948). 10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun (1992). 10 dekabr – O‘zbekiston xalq ustasi Abdurashid Rahimov (1945) tavalludining 70 yilligi. 11 dekabr – YuNISEF-BMT Bolalar fondi (1946) tashkil topgan kun. 14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenligi e’lon qilingan kun (1990). 14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i tasdiqlangan kun (1992). 15 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, opera qo‘shiqlar ijrochisi Saodat Qobulova (1925-2007) tavalludining 85 yilligi. 16 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi FIFAga (1992) a’zo bo‘lgan kun. 17 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori Hamza Umarov (1925-1987) tavalludining 90 yilligi. 18 dekabr –Xalqaro migrantlar kuni (1990). 21 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH 1991 yil 8 dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1991). 22 dekabr – Energetik xodimlar kuni. 23 dekabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli romannavis va shoir Asqad Muxtor (taxallusi; fam. Muxtorov, 1920-1997) tavalludining 95 yilligi. 25 dekabr – O‘zbekistonda va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori Yevgeniy Eduardovich Bertels (1890-1957) tavalludining 125 yilligi. 29 dekabr – Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq Referendumi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan (1991) kun. 31 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq rassomi, professor grafikachi-rassom Qutlug‘ Basharov (1925-2004) tavalludining 90 yilligi. 31 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Abror Hidoyatov (1900-1958) tavalludining 115 yilligi.

DO`STLARGA ULASHING:

MUHIM SANALAR
Yanvar
1 yanvar — Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni.
1 yanvar — «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (2004).
1 yanvar — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kompozitor, sozanda (g‘ijjak), xonanda Matniyoz Abdalniyozovich Yusupov (1925-1992) tavalludining 90 yilligi.
1 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti Zohid Sodiqov (1910-1962) tavalludining 105 yilligi.
1 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Hikmat Latipov (1900-1981) tavalludining 115 yilligi.
2 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi jahon metrologiya tashkilotiga (JMT) a’zo bo‘lgan kun (1993).
3 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat kitob palatasi tashkil topgan kun (1926-2012).
6 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi hamda Sudan Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 10 yilligi (2005).
6 yanvar — Adabiyotshunos, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Marat Nurmuhamedov (1930-1986) tavalludining 85 yilligi.
9 yanvar — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Nazir Safarov (1905-1985) tavalludining 110 yilligi.
9 yanvar — Geolog va geograf olim, professor Ivan Vasilevich Mushketov (1850-1902) tavalludining 165 yilligi.
10 yanvar — Ichki qo‘shinlar tashkil topgan kun (1992).
10 yanvar — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek (1905-1968) tavalludining 110 yilligi.
11 yanvar — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Filipp Ivanovich Grishenko (1915-1985) tavalludining 100 yilligi.
11 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, pedagog va dirijyor Reyngold Maritsevich Glier (1875-1956) tavalludining 140 yilligi.
14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni (1993).
15 yanvar — Farg‘ona viloyati tashkil topgan kun (1938).
15 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek raqqosasi, baletmeyster Ishoqova Malohat (1925) tavalludining 90 yilligi.
15 yanvar — Shoir Sulton Jo‘ra (Jo‘rayev Sulton, 1910-1943) tavalludining 105 yilligi.
15 yanvar — Geolog olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi G‘ani Orifxonovich Mavlonov (1910-1988) tavalludining 105 yilligi.
16 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi hamda Sloveniya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).
16 yanvar — Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universiteti tashkil topgan kun (2002).
19 yanvar — Qashqadaryo viloyatining o‘lkashunoslik muzeyi tashkil topganining 40 yilligi (1975).
23 yanvar — Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1997).
23 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilgan kun (1992).
24 yanvar — Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil topgan kun (1992).
25 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor va aktyor Sharif G‘aniyevich Qayumov (1905-1973) tavalludining 110 yilligi
26 yanvar — Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983).
28 yanvar — “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun (1992).
30 yanvar — Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga qabul qilingan kun (1992).
30 yanvar — O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tug‘ilgan kun (1938).
31 yanvar — Zargarlar kasb bayrami.
Yanvar – Respublika bolalar kutubxonasining tashkil topganining 50 yilligi (1965).
Fevral
1 fevral — Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan (2001) kun.
2 fevral — O‘zbekiston xalq shoiri G‘ayratiy (Abdurahim Abdullayev, 195-1976) tavalludining 110 yilligi.
6 fevral — Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) ta’sis etilgan kun.
6 fevral — O‘zbekiston Respublikasi hamda Xorvatiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).
7 fevral — Toshkent viloyati G‘azalkent shahriga asos solingan kun (1964).
7 fevral — San’atshunos, arxeolog-olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Galina Anatolevna Pugachenkova (1915-2007) tavalludining 100 yilligi.
7 fevral — Shoir, dramaturg, pedagog Rafiq Mo‘min (Mo‘minov Rafiq, 1900-1951) tavalludining 115 yilligi.
8 fevral — Aeroflot kuni (1979) (har fevral oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
8 fevral — Adabiyotshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori Hofiz Shoaxmedovich Abdusamatov (1925) tavalludining 90 yilligi.
9 fevral — Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavallud topgan kun.
12 fevral — FA muhbir a’zosi Saodat Sodiqovich Sodiqov (1910-1995) tavalludining 105 yilligi.
13 fevral — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan (2001) kun.
14 fevral — O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun.
16 fevral — O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).
17 fevral — Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva).
18 fevral — O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tashkil topgan kun (1995).
21 fevral — Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO).
22 fevral — “Adolat” O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi gazetasining ilk soni nashr etilganligining 20 yilligi (1995).
23 fevral — “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun (1991).
23 fevral — O‘zbekiston xalq shoiri Charxiy (Hamroaliyev Asqarali, 1900-1979) tavalludining 115 yilligi.
24 fevral — Toshkentda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filiali tashkil topgan kun (2006).
24 fevral — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘lgan kun (1994).
26 fevral — O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).
Mart
1 mart — Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni.
1 mart — Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.
1 mart — O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi – YuNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.
1 mart — O‘zbekiston xalq shoiri, Mehnat qahramoni, tarjimon Zulfiya (Zulfiya Isroilova, 1915-1996) tavalludining 100 yilligi.
2 mart — Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).
2 mart — O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ta’sis etilgan kun (1992).
4 mart — O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari kuni (1999).
4 mart — O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996).
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
10 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tilshunos-turkiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, Pedagogika FA akademigi Viktor Vasilevich Reshetov (1910-1979) tavalludining 105 yilligi.
11 mart — Namangan viloyati tashkil topgan kun (1941).
14 mart — “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (2000).
15 mart — Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
15 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, agronom olim, Mehnat qahramoni Nazrulla Mannonovich Mannonov (1909-1981) tavalludining 105 yilligi.
16 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov (1930-1995) tavalludining 85 yilligi.
17 mart — “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004).
17 mart — O‘zbekiston futboli kuni.
17 mart — Butunjahon Dengiz kuni.
19 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, pedagogika fanlari doktori, professor Siddiq Rajabov (1910-1993) tavalludining 105 yilligi.
19 mart — Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144) tavalludining 940 yilligi.
20 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, ssenarist, tarjimon G‘ani Rasulov (1935-1990) tavalludining 80 yilligi.
21 mart — Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992).
21 mart — Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002).
21 mart — Xalqaro irqiy kamsitishlarni bartaraf etish uchun kurashish kuni.
21 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, FA akademigi, ximiya fanlari doktori, professor Xusni Rustamovich Rustamov (1910), tavalludining 105 yilligi.
22 mart — Butunjahon suv kuni (1992).
22 mart — Qoraqalpog‘istonda, Turkmanistonda, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori Nikolay Aleksandrovich Baskakov (1905-1996) tavalludining 110 yilligi.
23 mart — Butunjahon metrologiya (1950) kuni.
24 mart — Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni.
24 mart — O‘zbekiston Respublikasining Chegara qo‘shinlari tashkil etilgan kun (1992).
24 mart — Toshkent shahrida Inxa Universiteti tashkil topgan kun (2014).
27 mart — Xalqaro teatr kuni (1961).
28 mart — O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov (1940) tavalludining 75 yilligi.
Aprel
1 aprel — Xalqaro kulgi kuni.
1 aprel — Butunjahon qushlar kuni.
2 aprel — Xalqaro bolalar kitobi kuni (Bolalar yozuvchisi Xans Kristian Andersen (1805-1875) tavallud topgan kunda nishonlanadi).
5 aprel — O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).
5 aprel — Geologlar kuni (Har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni (1948).
7 aprel — Toshkent Islom universiteti tashkil topgan kun (1999).
9 aprel — Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun.
9 aprel — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi (1993) tasdiqlangan kun.
12 aprel — Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962).
17 aprel — Yong‘in havfsizligi xizmati xodimlari kuni.
18 aprel — Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.
19 aprel — Xalqaro ilm-fan kuni (Har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi, 1990).
22 aprel — Xalqaro yer sayyorasi kuni (BMTda 1990 yili e’lon qilingan).
23 aprel — Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni (1995 yili YuNESKOning 28-konferensiyasida e’lon qilingan).
24 aprel — Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957).
25 aprel — “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan kun (2001).
26 aprel — Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996).
26 aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni.
26 aprel — Birodarlashgan shaharlar kuni (1957, har yili aprel oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
27 aprel — Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil topgan kun (2009).
27 aprel — O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa va rejissyor Galina Nikolayevna Zagurskaya (1905-1978) tavalludining 110 yilligi.
28 aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003).
28 aprel — “Turkestanskiye vedomosti” gazetasining ilk soni nashr etilganligining 145 yilligi (1870-1917).
29 aprel — Xalqaro raqs kuni.
30 aprel — O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan kun (1992).
May
1 may — Farg‘ona davlat universiteti tashkil topganining 85 yilligi (1930).
1 may — Chirchiq shahar o‘lkashunoslik muzeyi tashkil topgan kun (1959).
1 may — O‘zbekiston xalq artisti, opera qo‘shiqchisi G‘ulom Abdurahmonov (1910-1987) tavalludining 105 yilligi.
1 may — O‘zbekiston xalq artisti, sirk artisti Akrom Mamatovich Yusupov (1905-1975) tavalludining 110 yilligi.
3 may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1994).
5 may — “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun (1994).
5 may — O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, FA akademigi, geolog olim Ibrohim Hamroboyevich Hamroboyev (1920-2002) tavalludining 95 yilligi.
5 may — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Hamid Sulaymonov (1910-1979) tavalludining 105 yilligi.
7 may — Radio kuni (1945).
7 may — “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1993).
8 may — Butunjahon Qizil Xoch tashkilotiga asos solingan kuni (1953).
9 may — Xotira va Qadrlash kuni (1999) – umumxalq bayrami.
10 may — Matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Sa’di Hasanovich Sirojiddinov (1920-1988) tavalludining 95 yilligi.
10 may — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dirijyor, pedagog Ashot Ivanovich Petrosyans (1910-1978) tavalludining 105 yilligi.
12 may — Xalqaro hamshiralar kuni.
14 may — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg Uyg‘un (Rahmatulla Otaqo‘ziyev, 1905-1990) tavalludining 110 yilligi.
15 may — Butunjahon oila kuni (1994).
16 may — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov (1930-1995) tavalludining 85 yilligi.
17 may — Xalqaro elektraloqa kuni (1969).
17 may — O‘zbekiston Respublikasi tog‘-metallurgiya sanoati xodimlari kuni (2001) (Har yili may oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
17 may — O‘zbekiston xalq rassomi, manzarachi rassom Nikolay Grigorevich Karaxan (1900-1970) tavalludining 115 yilligi.
17 may — Taniqli bibliograf, “Turkiston to‘plami” ko‘rsatkichi tuzuvchisi Vladimir Izmaylovich Mejov (1830-1894) tavalludining 185 yilligi.
18 may — Xalqaro muzeylar kuni (1977).
19 may — Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995).
21 may — Xalqaro metrologiya kuni (YuNESKO qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi).
22 may — Xalqaro biologik rang-baranglik kuni (1994).
23 may — O‘zbekiston Respublikasi hamda Komor Orollari o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 10 yilligi (2005).
30 may — O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir (Tursunov Mirtemir, 1910-1978) tavalludining 105 yilligi.
31 may — Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.
31 may — Kimyogarlar kuni (1956) (Har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
May – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil topganining 145 yilligi. (Turkestanskiye vedomosti. – 1970. – 21 may.)
Iyun
1 iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni (1949).
5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (1972).
7 iyun – Melioratorlar kuni (Har yili iyun oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).
8 iyun – Tarixchi, diplomat, shoir Rizoqulixon Hidoyat (1800-1871) tavalludining 215 yilligi.
10 iyun – “Milliy tiklanish” O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (MTDP) gazetasining ilk soni nashr etilganligining 20 yilligi (1995).
10 iyun – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1999).
10 iyun – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad (Xusanxo‘jayev Saidahmad, 1920-2007) tavalludining 95 yilligi.
14 iyun – Butunjahon Donorlar kuni.
14 iyun – Yengil sanoat xodimlari kuni (Har yili iyun oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
15 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor Mavlon Xudoyberganovich Nazarov (1910-2000) tavalludining 105 yilligi.
16 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor, pedagog Sharif Ramazonov (1910-2002) tavalludining 105 yilligi.
17 iyun – Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni.
19 iyun – Butunjahon bolalar futboli kuni.
20 iyun – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1990).
21 iyun – “O‘zbekiston ovozi” ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (Dastlab 1918 yilda “Ishtirokiyun” nomi bilan chop etilgan, 1991 yildan hozirgi nomda, XDP gazetasi).
23 iyun – Xalqaro Olimpiada kuni.
26 iyun – Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni (1988).
27 iyun – O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni (1993 y. 24 iyun O‘zR Prezidenti farmoni).
27 iyun – Ixtirochilar va ratsionalizatorlar kuni (Har yili iyun oyining oxirgi shanbasida nishonlanadi).
28 iyun – Savdo, matbuot kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni (Har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
30 iyun – Tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Yevgeniy Karlovich Betger tavallud topgan kun (1887-1956).
Iyul
1 iyul – Butunjahon me’morlar kuni (1985).
1 iyul – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun (1994).
1 iyul – Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).
1 iyul – Fiziolog olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Adham Yunusovich Yunusov (1910-1971) tavalludining 105 yilligi.
2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1992).
4 iyul – Xalqaro kooperatsiya kuni (1994) (Har yili iyul oyining birinchi shanbasida nishonlanadi).
5 iyul – Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi Qaroriga asosan).
10 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun (1992).
11 iyul – Butunjahon aholi kuni (1989).
13 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1992).
15 iyul – Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).
20 iyul – Butunjahon shaxmat kuni.
20-21 iyul – “Imom al-Buxoriy kuni”.
21 iyul – Imom al-Buxoriy (810-870) tavalludining 1205 yilligi.
Avgust
1 avgust – O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Aleksey Nikolayevich Ivanov (1905-1987) tavalludining 110 yilligi.
1 avgust – Mahallalar kuni (Har yili avgust oyining 1-chi shanbasida nishonlanadi).
2 avgust – Temir yo‘lchilar kuni (1936) (Har yili avgust oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).
4 avgust – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, grafikachi rassom, Igor Vitalevich Savitskiy (1915-1984) tavalludining 100 yilligi.
6 avgust – Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish kuni. Xirosima fojeasi kuni.
9 avgust – Xalqaro jahon tub xalqlari kuni (1994).
9 avgust – Fizkulturachilar kuni (Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
9 avgust – Quruvchilar kuni (Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
10 avgust – O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Amin Turdiyev (1910-1978) tavalludining 105 yilligi.
12 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.
15 avgust – Telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar (miniatyura) ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Elbek Musayev (1935) tavalludining 80 yilligi.
15 avgust – O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Yo‘ldoshevna Ja’farova (1915-1997) tavalludining 100 yilligi.
16 avgust – “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996) (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
16 avgust – O‘zbekiston Respublikasining Havo floti kuni (1995) (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
22 avgust – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997).
23 avgust – Pyotr Fokich Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji tashkil topganligining 80 yilligi (1935).
25 avgust – Xalqaro talabalar ittifoqiga asos solingan kun.
27 avgust – Kino kuni (1979).
28 avgust – “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (1998).
28 avgust – Sharqning buyuk mutafakkiri, tabib va faylasuf Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy (865-925) tavalludining 1150 yilligi.
29 avgust – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1996).
29 avgust – “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (2003).
30 avgust – “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan kun (2000).
30 avgust – “Mehnat shuhrati”, “Shon-sharaf” ordenlari ta’sis etilgan kun (1995).
30 avgust – Shaxtyorlar kuni (Har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
30 avgust – O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).
30 avgust – O‘rta Osiyoning atoqli bibliograflaridan biri Nikolay Appolonovich Burov (1885-1969) tavalludining 130 yilligi.
31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni.
Sentyabr
1 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991).
1 sentyabr – Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochilgan kun.
2 sentyabr – Yangi 2015-2016 o‘quv yilining boshlanish kuni.
2 sentyabr – Huquqshunos olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, yuridik fanlari doktori Hojiakbar Rahmonqulov (1925-2013) tavalludining 90 yilligi.
5 sentyabr – Toshkentda Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti tashkil topgan kun (2007).
5 sentyabr – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, yozuvchi va dramaturg Sobir Abdulla (Abdullayev Sobir, 1905-1972) tavalludining 110 yilligi.
6 sentyabr – Neft va gaz sanoati ishchilari kuni (Har yili sentyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).
7 sentyabr – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet tashkil topganligining 95 yilligi (1920).
7 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Kambodja davlati o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).
7 sentyabr – Rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev (1945) tavalludining 70 yilligi.
8 sentyabr – Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni (1958).
9 sentyabr – Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni.
10 sentyabr – Matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-1995) tavalludining 100 yilligi.
13 sentyabr – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1989).
13 sentyabr – Xalqaro fashizm qurbonlarini xotirlash kuni (Har yili sentyabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).
15 sentyabr – O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burxonov (1910-1997) tavalludining 105 yilligi.
16 sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni (1995).
16 sentyabr –Bahouddin Naqshband kuni (1993).
18 sentyabr – O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqiga (XGI) a’zo bo‘lgan kun (1993).
18 sentyabr – Teatr rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Brim Georgiy Robertovich (1935-1988) tavalludining 80 yilligi
21 sentyabr – Xalqaro tinchlik kuni (2001).
22-23 sentyabr – Kuzgi teng-kunlik – “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh).
24 sentyabr – Aktyor, rejissyor, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jayev (1910-1977) tavalludining 105 yilligi.
25 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilgan kun (1991).
27 sentyabr – Butunjahon Turizm kuni.
27 sentyabr – Mashinasozlar kuni (Har yili sentyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
29 sentyabr – Bekobod tumani tashkil etilgan kun (1926).
29 sentyabr – Farg‘ona tumani tashkil etilgan kun (1926).
Oktyabr
1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996).
1 oktyabr – Xalqaro musiqa kuni (1980).
1 oktyabr – Qariyalar kuni (1992).
2 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Ozarbayjon Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).
4 oktyabr – Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni.
5 oktyabr – Xalqaro shifokorlar kuni (1984) (har yili oktyabr oyining birinchi dushanbasida nishonlanadi).
5 oktyabr – Qoraqalpog‘iston yozuvchisi, filologiya fanlari doktori, dramaturg, adabiyotshunos Najim Davqorayev (1905-1953) tavalludining 110 yilligi.
6 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Ruminiya bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).
6 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Senegal Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).
9 oktyabr – Butunjahon pochta kuni.
11 oktyabr – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi.)
12 oktyabr – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, geolog olim, FA akademigi, geologiya va mineralogiya fanlari doktori, professor Obid Murodovich Akromxo‘jayev (1920-1996) tavalludining 95 yilligi.
13 oktyabr – Xalqaro ofatni kamaytirish kuni.
14 oktyabr – Xalqaro standartlashtirish kuni (1946).
15 oktyabr – O‘zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasiga a’zo bo‘lgan kun.
15 oktyabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalar yozuvchisi, Hakim Nazir (Nazarov Hakim Nazirovich, 1915-2008) tavalludining 100 yilligi.
15 oktyabr – O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor va dirijyor Aleksey Fedorovich Kozlovskiy (1905-1977) tavalludining 110 yilligi.
16 oktyabr – Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni.
17 oktyabr – Xalqaro kambag‘alchilikni bartaraf etish uchun kurashish kuni (1995).
18 oktyabr – Samarqand shahri kuni (1996).
18 oktyabr – Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).
20 oktyabr – Xiva shahri kuni.
21 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun (1989).
22 oktyabr – Infeksionist olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Ishoq Qurbonovich Musaboyev (1910-2003) tavalludining 105 yilligi.
23 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi (1993) YuNESKOga a’zo bo‘lgan kun.
24 oktyabr – Xalqaro BMT kuni (1945).
25 oktyabr – Xalqaro tinchlik uchun xotin qizlar kurashish kuni (1980).
25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni (2006).
25 oktyabr – Avtomobil transporti xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
26 oktyabr – Xalqaro maktab kutubxonalari kuni (Har yili oktyabr oyining 4-chi dushanbasida nishonlanadi).
27 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Armaniston Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).
31 oktyabr – Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy Markazi tuzilgan kun (1996).
Noyabr
1 noyabr – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kun (1991).
5 noyabr – Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko‘rsatuvlari namoyishi boshlangan kun (1956).
8 noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni (Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).
8 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi “Jahon” axborot agentligiga asos solingan kun (1995).
10 noyabr – Butunjahon Yoshlar kuni (1945).
12 noyabr – Butunjahon sifat kuni (1989).
14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni.
15 noyabr – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik” partiyasi ta’sis etilgan kun (2003).
16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni (1995 yil YuNESKO bosh konferensiyasining XXVIII yig‘ilishida qabul qilingan).
16 noyabr – YuNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945).
17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni. (1946).
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun (1991).
18 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor Rahima Hodiyevna Aminova (1925-2001) tavalludining 90 yilligi.
19 noyabr – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari artilleriyasi kuni.
20 noyabr – Bola huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1989).
21 noyabr – Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913).
21 noyabr – Butunjahon televideniye kuni (1996).
21 noyabr – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan kun (1995).
29 noyabr – Paxta bayrami (Har yili noyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
29 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Sulton (1910-2001) tavalludining 105 yilligi.
30 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor, aktyor, pedagog Razzoq Hamroyev (1910-1981) tavalludining 105 yilligi.
Dekabr
1 dekabr – Butunjahon orttirilgan immunitet tansiqligi sindromi kasalligi (OITS) ga qarshi kurash.
3 dekabr – Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni (1992).
4 dekabr – O‘zbekiston faxriylari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab himoyalash “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996).
4 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan kun (1993).
5 dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar kuni (1992).
5 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor-baletmeyster, raqqos Akbar Nishonovich Mo‘minov tavalludining 80 yilligi (1935).
6 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev (1940) tavalludining 75 yilligi.
7 dekabr – Turkiyshunos, folklorshunos va etnograf olim Abubakir Ahmadjonovich Divayev (1855-1933) tavalludining 160 yilligi.
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992) qabul qilingan kun – umumxalq bayrami.
10 dekabr – Inson huquqlari kuni (1948).
10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun (1992).
10 dekabr – O‘zbekiston xalq ustasi Abdurashid Rahimov (1945) tavalludining 70 yilligi.
11 dekabr – YuNISEF-BMT Bolalar fondi (1946) tashkil topgan kun.
14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenligi e’lon qilingan kun (1990).
14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i tasdiqlangan kun (1992).
15 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, opera qo‘shiqlar ijrochisi Saodat Qobulova (1925-2007) tavalludining 85 yilligi.
16 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi FIFAga (1992) a’zo bo‘lgan kun.
17 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori Hamza Umarov (1925-1987) tavalludining 90 yilligi.
18 dekabr –Xalqaro migrantlar kuni (1990).
21 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH 1991 yil 8 dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1991).
22 dekabr – Energetik xodimlar kuni.
23 dekabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli romannavis va shoir Asqad Muxtor (taxallusi; fam. Muxtorov, 1920-1997) tavalludining 95 yilligi.
25 dekabr – O‘zbekistonda va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori Yevgeniy Eduardovich Bertels (1890-1957) tavalludining 125 yilligi.
29 dekabr – Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq Referendumi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan (1991) kun.
31 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq rassomi, professor grafikachi-rassom Qutlug‘ Basharov (1925-2004) tavalludining 90 yilligi.
31 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Abror Hidoyatov (1900-1958) tavalludining 115 yilligi.

MUHIM SANALAR