MUHIM SANALAR to’liq malumot oling

MUHIM SANALAR to’liq malumot oling

MUHIM SANALAR
Yanvar

1 yanvar — Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni.

1 yanvar — «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (2004).

1 yanvar — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kompozitor, sozanda (g‘ijjak), xonanda Matniyoz Abdalniyozovich Yusupov (1925-1992) tavalludining 90 yilligi.

1 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti Zohid Sodiqov (1910-1962) tavalludining 105 yilligi.

1 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Hikmat Latipov (1900-1981) tavalludining 115 yilligi.

2 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi jahon metrologiya tashkilotiga (JMT) a’zo bo‘lgan kun (1993).

3 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat kitob palatasi tashkil topgan kun (1926-2012).

6 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi hamda Sudan Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 10 yilligi (2005).

6 yanvar — Adabiyotshunos, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Marat Nurmuhamedov (1930-1986) tavalludining 85 yilligi.

9 yanvar — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Nazir Safarov (1905-1985) tavalludining 110 yilligi.

9 yanvar — Geolog va geograf olim, professor Ivan Vasilevich Mushketov (1850-1902) tavalludining 165 yilligi.

10 yanvar — Ichki qo‘shinlar tashkil topgan kun (1992).

10 yanvar — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek (1905-1968) tavalludining 110 yilligi.

11 yanvar — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Filipp Ivanovich Grishenko (1915-1985) tavalludining 100 yilligi.

11 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, pedagog va dirijyor Reyngold Maritsevich Glier (1875-1956) tavalludining 140 yilligi.

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni (1993).

15 yanvar — Farg‘ona viloyati tashkil topgan kun (1938).

15 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek raqqosasi, baletmeyster Ishoqova Malohat (1925) tavalludining 90 yilligi.

15 yanvar — Shoir Sulton Jo‘ra (Jo‘rayev Sulton, 1910-1943) tavalludining 105 yilligi.

15 yanvar — Geolog olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi G‘ani Orifxonovich Mavlonov (1910-1988) tavalludining 105 yilligi.

16 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi hamda Sloveniya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).

16 yanvar — Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universiteti tashkil topgan kun (2002).

19 yanvar — Qashqadaryo viloyatining o‘lkashunoslik muzeyi tashkil topganining 40 yilligi (1975).

23 yanvar — Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1997).

23 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilgan kun (1992).

24 yanvar — Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil topgan kun (1992).

25 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor va aktyor Sharif G‘aniyevich Qayumov (1905-1973) tavalludining 110 yilligi

26 yanvar — Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983).

28 yanvar — “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun (1992).

30 yanvar — Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga qabul qilingan kun (1992).

30 yanvar — O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tug‘ilgan kun (1938).

31 yanvar — Zargarlar kasb bayrami.

Yanvar – Respublika bolalar kutubxonasining tashkil topganining 50 yilligi (1965).

Fevral

1 fevral — Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan (2001) kun.

2 fevral — O‘zbekiston xalq shoiri G‘ayratiy (Abdurahim Abdullayev, 195-1976) tavalludining 110 yilligi.

6 fevral — Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) ta’sis etilgan kun.

6 fevral — O‘zbekiston Respublikasi hamda Xorvatiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).

7 fevral — Toshkent viloyati G‘azalkent shahriga asos solingan kun (1964).

7 fevral — San’atshunos, arxeolog-olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Galina Anatolevna Pugachenkova (1915-2007) tavalludining 100 yilligi.

7 fevral — Shoir, dramaturg, pedagog Rafiq Mo‘min (Mo‘minov Rafiq, 1900-1951) tavalludining 115 yilligi.

8 fevral — Aeroflot kuni (1979) (har fevral oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

8 fevral — Adabiyotshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori Hofiz Shoaxmedovich Abdusamatov (1925) tavalludining 90 yilligi.

9 fevral — Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavallud topgan kun.

12 fevral — FA muhbir a’zosi Saodat Sodiqovich Sodiqov (1910-1995) tavalludining 105 yilligi.

13 fevral — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan (2001) kun.

14 fevral — O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun.

16 fevral — O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

17 fevral — Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva).

18 fevral — O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tashkil topgan kun (1995).

21 fevral — Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO).

22 fevral — “Adolat” O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi gazetasining ilk soni nashr etilganligining 20 yilligi (1995).

23 fevral — “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun (1991).

23 fevral — O‘zbekiston xalq shoiri Charxiy (Hamroaliyev Asqarali, 1900-1979) tavalludining 115 yilligi.

24 fevral — Toshkentda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filiali tashkil topgan kun (2006).

24 fevral — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘lgan kun (1994).

26 fevral — O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

Mart

1 mart — Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni.

1 mart — Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.

1 mart — O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi – YuNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.

1 mart — O‘zbekiston xalq shoiri, Mehnat qahramoni, tarjimon Zulfiya (Zulfiya Isroilova, 1915-1996) tavalludining 100 yilligi.

2 mart — Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

2 mart — O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ta’sis etilgan kun (1992).

4 mart — O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari kuni (1999).

4 mart — O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996).

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

10 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tilshunos-turkiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, Pedagogika FA akademigi Viktor Vasilevich Reshetov (1910-1979) tavalludining 105 yilligi.

11 mart — Namangan viloyati tashkil topgan kun (1941).

14 mart — “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (2000).

15 mart — Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.

15 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, agronom olim, Mehnat qahramoni Nazrulla Mannonovich Mannonov (1909-1981) tavalludining 105 yilligi.

16 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov (1930-1995) tavalludining 85 yilligi.

17 mart — “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004).

17 mart — O‘zbekiston futboli kuni.

17 mart — Butunjahon Dengiz kuni.

19 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, pedagogika fanlari doktori, professor Siddiq Rajabov (1910-1993) tavalludining 105 yilligi.

19 mart — Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144) tavalludining 940 yilligi.

20 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, ssenarist, tarjimon G‘ani Rasulov (1935-1990) tavalludining 80 yilligi.

21 mart — Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992).

21 mart — Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002).

21 mart — Xalqaro irqiy kamsitishlarni bartaraf etish uchun kurashish kuni.

21 mart — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, FA akademigi, ximiya fanlari doktori, professor Xusni Rustamovich Rustamov (1910), tavalludining 105 yilligi.

22 mart — Butunjahon suv kuni (1992).

22 mart — Qoraqalpog‘istonda, Turkmanistonda, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori Nikolay Aleksandrovich Baskakov (1905-1996) tavalludining 110 yilligi.

23 mart — Butunjahon metrologiya (1950) kuni.

24 mart — Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni.

24 mart — O‘zbekiston Respublikasining Chegara qo‘shinlari tashkil etilgan kun (1992).

24 mart — Toshkent shahrida Inxa Universiteti tashkil topgan kun (2014).

27 mart — Xalqaro teatr kuni (1961).

28 mart — O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov (1940) tavalludining 75 yilligi.

Aprel

1 aprel — Xalqaro kulgi kuni.

1 aprel — Butunjahon qushlar kuni.

2 aprel — Xalqaro bolalar kitobi kuni (Bolalar yozuvchisi Xans Kristian Andersen (1805-1875) tavallud topgan kunda nishonlanadi).

5 aprel — O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).

5 aprel — Geologlar kuni (Har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni (1948).

7 aprel — Toshkent Islom universiteti tashkil topgan kun (1999).

9 aprel — Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun.

9 aprel — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi (1993) tasdiqlangan kun.

12 aprel — Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962).

17 aprel — Yong‘in havfsizligi xizmati xodimlari kuni.

18 aprel — Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.

19 aprel — Xalqaro ilm-fan kuni (Har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi, 1990).

22 aprel — Xalqaro yer sayyorasi kuni (BMTda 1990 yili e’lon qilingan).

23 aprel — Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni (1995 yili YuNESKOning 28-konferensiyasida e’lon qilingan).

24 aprel — Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957).

25 aprel — “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan kun (2001).

26 aprel — Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996).

26 aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni.

26 aprel — Birodarlashgan shaharlar kuni (1957, har yili aprel oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

27 aprel — Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil topgan kun (2009).

27 aprel — O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa va rejissyor Galina Nikolayevna Zagurskaya (1905-1978) tavalludining 110 yilligi.

28 aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003).

28 aprel — “Turkestanskiye vedomosti” gazetasining ilk soni nashr etilganligining 145 yilligi (1870-1917).

29 aprel — Xalqaro raqs kuni.

30 aprel — O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

May

1 may — Farg‘ona davlat universiteti tashkil topganining 85 yilligi (1930).

1 may — Chirchiq shahar o‘lkashunoslik muzeyi tashkil topgan kun (1959).

1 may — O‘zbekiston xalq artisti, opera qo‘shiqchisi G‘ulom Abdurahmonov (1910-1987) tavalludining 105 yilligi.

1 may — O‘zbekiston xalq artisti, sirk artisti Akrom Mamatovich Yusupov (1905-1975) tavalludining 110 yilligi.

3 may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1994).

5 may — “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun (1994).

5 may — O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, FA akademigi, geolog olim Ibrohim Hamroboyevich Hamroboyev (1920-2002) tavalludining 95 yilligi.

5 may — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Hamid Sulaymonov (1910-1979) tavalludining 105 yilligi.

7 may — Radio kuni (1945).

7 may — “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1993).

8 may — Butunjahon Qizil Xoch tashkilotiga asos solingan kuni (1953).

9 may — Xotira va Qadrlash kuni (1999) – umumxalq bayrami.

10 may — Matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Sa’di Hasanovich Sirojiddinov (1920-1988) tavalludining 95 yilligi.

10 may — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dirijyor, pedagog Ashot Ivanovich Petrosyans (1910-1978) tavalludining 105 yilligi.

12 may — Xalqaro hamshiralar kuni.

14 may — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg Uyg‘un (Rahmatulla Otaqo‘ziyev, 1905-1990) tavalludining 110 yilligi.

15 may — Butunjahon oila kuni (1994).

16 may — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov (1930-1995) tavalludining 85 yilligi.

17 may — Xalqaro elektraloqa kuni (1969).

17 may — O‘zbekiston Respublikasi tog‘-metallurgiya sanoati xodimlari kuni (2001) (Har yili may oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).

17 may — O‘zbekiston xalq rassomi, manzarachi rassom Nikolay Grigorevich Karaxan (1900-1970) tavalludining 115 yilligi.

17 may — Taniqli bibliograf, “Turkiston to‘plami” ko‘rsatkichi tuzuvchisi Vladimir Izmaylovich Mejov (1830-1894) tavalludining 185 yilligi.

18 may — Xalqaro muzeylar kuni (1977).

19 may — Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995).

21 may — Xalqaro metrologiya kuni (YuNESKO qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi).

22 may — Xalqaro biologik rang-baranglik kuni (1994).

23 may — O‘zbekiston Respublikasi hamda Komor Orollari o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 10 yilligi (2005).

30 may — O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir (Tursunov Mirtemir, 1910-1978) tavalludining 105 yilligi.

31 may — Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.

31 may — Kimyogarlar kuni (1956) (Har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

May – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil topganining 145 yilligi. (Turkestanskiye vedomosti. – 1970. – 21 may.)

Iyun

1 iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni (1949).

5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (1972).

7 iyun – Melioratorlar kuni (Har yili iyun oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).

8 iyun – Tarixchi, diplomat, shoir Rizoqulixon Hidoyat (1800-1871) tavalludining 215 yilligi.

10 iyun – “Milliy tiklanish” O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (MTDP) gazetasining ilk soni nashr etilganligining 20 yilligi (1995).

10 iyun – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1999).

10 iyun – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad (Xusanxo‘jayev Saidahmad, 1920-2007) tavalludining 95 yilligi.

14 iyun – Butunjahon Donorlar kuni.

14 iyun – Yengil sanoat xodimlari kuni (Har yili iyun oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

15 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor Mavlon Xudoyberganovich Nazarov (1910-2000) tavalludining 105 yilligi.

16 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor, pedagog Sharif Ramazonov (1910-2002) tavalludining 105 yilligi.

17 iyun – Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni.

19 iyun – Butunjahon bolalar futboli kuni.

20 iyun – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1990).

21 iyun – “O‘zbekiston ovozi” ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (Dastlab 1918 yilda “Ishtirokiyun” nomi bilan chop etilgan, 1991 yildan hozirgi nomda, XDP gazetasi).

23 iyun – Xalqaro Olimpiada kuni.

26 iyun – Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni (1988).

27 iyun – O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni (1993 y. 24 iyun O‘zR Prezidenti farmoni).

27 iyun – Ixtirochilar va ratsionalizatorlar kuni (Har yili iyun oyining oxirgi shanbasida nishonlanadi).

28 iyun – Savdo, matbuot kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni (Har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

30 iyun – Tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Yevgeniy Karlovich Betger tavallud topgan kun (1887-1956).

Iyul

1 iyul – Butunjahon me’morlar kuni (1985).

1 iyul – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun (1994).

1 iyul – Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).

1 iyul – Fiziolog olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Adham Yunusovich Yunusov (1910-1971) tavalludining 105 yilligi.

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1992).

4 iyul – Xalqaro kooperatsiya kuni (1994) (Har yili iyul oyining birinchi shanbasida nishonlanadi).

5 iyul – Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi Qaroriga asosan).

10 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun (1992).

11 iyul – Butunjahon aholi kuni (1989).

13 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

15 iyul – Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

20 iyul – Butunjahon shaxmat kuni.

20-21 iyul – “Imom al-Buxoriy kuni”.

21 iyul – Imom al-Buxoriy (810-870) tavalludining 1205 yilligi.

Avgust

1 avgust – O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Aleksey Nikolayevich Ivanov (1905-1987) tavalludining 110 yilligi.

1 avgust – Mahallalar kuni (Har yili avgust oyining 1-chi shanbasida nishonlanadi).

2 avgust – Temir yo‘lchilar kuni (1936) (Har yili avgust oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).

4 avgust – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, grafikachi rassom, Igor Vitalevich Savitskiy (1915-1984) tavalludining 100 yilligi.

6 avgust – Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish kuni. Xirosima fojeasi kuni.

9 avgust – Xalqaro jahon tub xalqlari kuni (1994).

9 avgust – Fizkulturachilar kuni (Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

9 avgust – Quruvchilar kuni (Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

10 avgust – O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Amin Turdiyev (1910-1978) tavalludining 105 yilligi.

12 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.

15 avgust – Telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar (miniatyura) ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Elbek Musayev (1935) tavalludining 80 yilligi.

15 avgust – O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Yo‘ldoshevna Ja’farova (1915-1997) tavalludining 100 yilligi.

16 avgust – “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996) (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).

16 avgust – O‘zbekiston Respublikasining Havo floti kuni (1995) (Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).

22 avgust – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997).

23 avgust – Pyotr Fokich Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji tashkil topganligining 80 yilligi (1935).

25 avgust – Xalqaro talabalar ittifoqiga asos solingan kun.

27 avgust – Kino kuni (1979).

28 avgust – “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (1998).

28 avgust – Sharqning buyuk mutafakkiri, tabib va faylasuf Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy (865-925) tavalludining 1150 yilligi.

29 avgust – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1996).

29 avgust – “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (2003).

30 avgust – “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan kun (2000).

30 avgust – “Mehnat shuhrati”, “Shon-sharaf” ordenlari ta’sis etilgan kun (1995).

30 avgust – Shaxtyorlar kuni (Har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

30 avgust – O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

30 avgust – O‘rta Osiyoning atoqli bibliograflaridan biri Nikolay Appolonovich Burov (1885-1969) tavalludining 130 yilligi.

31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni.

Sentyabr

1 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991).

1 sentyabr – Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochilgan kun.

2 sentyabr – Yangi 2015-2016 o‘quv yilining boshlanish kuni.

2 sentyabr – Huquqshunos olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, yuridik fanlari doktori Hojiakbar Rahmonqulov (1925-2013) tavalludining 90 yilligi.

5 sentyabr – Toshkentda Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti tashkil topgan kun (2007).

5 sentyabr – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, yozuvchi va dramaturg Sobir Abdulla (Abdullayev Sobir, 1905-1972) tavalludining 110 yilligi.

6 sentyabr – Neft va gaz sanoati ishchilari kuni (Har yili sentyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

7 sentyabr – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet tashkil topganligining 95 yilligi (1920).

7 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Kambodja davlati o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).

7 sentyabr – Rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev (1945) tavalludining 70 yilligi.

8 sentyabr – Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni (1958).

9 sentyabr – Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni.

10 sentyabr – Matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-1995) tavalludining 100 yilligi.

13 sentyabr – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1989).

13 sentyabr – Xalqaro fashizm qurbonlarini xotirlash kuni (Har yili sentyabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

15 sentyabr – O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burxonov (1910-1997) tavalludining 105 yilligi.

16 sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni (1995).

16 sentyabr –Bahouddin Naqshband kuni (1993).

18 sentyabr – O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqiga (XGI) a’zo bo‘lgan kun (1993).

18 sentyabr – Teatr rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Brim Georgiy Robertovich (1935-1988) tavalludining 80 yilligi

21 sentyabr – Xalqaro tinchlik kuni (2001).

22-23 sentyabr – Kuzgi teng-kunlik – “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh).

24 sentyabr – Aktyor, rejissyor, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jayev (1910-1977) tavalludining 105 yilligi.

25 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilgan kun (1991).

27 sentyabr – Butunjahon Turizm kuni.

27 sentyabr – Mashinasozlar kuni (Har yili sentyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

29 sentyabr – Bekobod tumani tashkil etilgan kun (1926).

29 sentyabr – Farg‘ona tumani tashkil etilgan kun (1926).

Oktyabr

1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996).

1 oktyabr – Xalqaro musiqa kuni (1980).

1 oktyabr – Qariyalar kuni (1992).

2 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Ozarbayjon Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).

4 oktyabr – Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni.

5 oktyabr – Xalqaro shifokorlar kuni (1984) (har yili oktyabr oyining birinchi dushanbasida nishonlanadi).

5 oktyabr – Qoraqalpog‘iston yozuvchisi, filologiya fanlari doktori, dramaturg, adabiyotshunos Najim Davqorayev (1905-1953) tavalludining 110 yilligi.

6 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Ruminiya bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).

6 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Senegal Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).

9 oktyabr – Butunjahon pochta kuni.

11 oktyabr – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi.)

12 oktyabr – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, geolog olim, FA akademigi, geologiya va mineralogiya fanlari doktori, professor Obid Murodovich Akromxo‘jayev (1920-1996) tavalludining 95 yilligi.

13 oktyabr – Xalqaro ofatni kamaytirish kuni.

14 oktyabr – Xalqaro standartlashtirish kuni (1946).

15 oktyabr – O‘zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasiga a’zo bo‘lgan kun.

15 oktyabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalar yozuvchisi, Hakim Nazir (Nazarov Hakim Nazirovich, 1915-2008) tavalludining 100 yilligi.

15 oktyabr – O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor va dirijyor Aleksey Fedorovich Kozlovskiy (1905-1977) tavalludining 110 yilligi.

16 oktyabr – Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni.

17 oktyabr – Xalqaro kambag‘alchilikni bartaraf etish uchun kurashish kuni (1995).

18 oktyabr – Samarqand shahri kuni (1996).

18 oktyabr – Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).

20 oktyabr – Xiva shahri kuni.

21 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun (1989).

22 oktyabr – Infeksionist olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Ishoq Qurbonovich Musaboyev (1910-2003) tavalludining 105 yilligi.

23 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi (1993) YuNESKOga a’zo bo‘lgan kun.

24 oktyabr – Xalqaro BMT kuni (1945).

25 oktyabr – Xalqaro tinchlik uchun xotin qizlar kurashish kuni (1980).

25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni (2006).

25 oktyabr – Avtomobil transporti xodimlari kuni (Har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

26 oktyabr – Xalqaro maktab kutubxonalari kuni (Har yili oktyabr oyining 4-chi dushanbasida nishonlanadi).

27 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Armaniston Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1995).

31 oktyabr – Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy Markazi tuzilgan kun (1996).

Noyabr

1 noyabr – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kun (1991).

5 noyabr – Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko‘rsatuvlari namoyishi boshlangan kun (1956).

8 noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni (Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

8 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi “Jahon” axborot agentligiga asos solingan kun (1995).

10 noyabr – Butunjahon Yoshlar kuni (1945).

12 noyabr – Butunjahon sifat kuni (1989).

14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni.

15 noyabr – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik” partiyasi ta’sis etilgan kun (2003).

16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni (1995 yil YuNESKO bosh konferensiyasining XXVIII yig‘ilishida qabul qilingan).

16 noyabr – YuNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945).

17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni. (1946).

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun (1991).

18 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor Rahima Hodiyevna Aminova (1925-2001) tavalludining 90 yilligi.

19 noyabr – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari artilleriyasi kuni.

20 noyabr – Bola huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1989).

21 noyabr – Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913).

21 noyabr – Butunjahon televideniye kuni (1996).

21 noyabr – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan kun (1995).

29 noyabr – Paxta bayrami (Har yili noyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

29 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Sulton (1910-2001) tavalludining 105 yilligi.

30 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor, aktyor, pedagog Razzoq Hamroyev (1910-1981) tavalludining 105 yilligi.

Dekabr

1 dekabr – Butunjahon orttirilgan immunitet tansiqligi sindromi kasalligi (OITS) ga qarshi kurash.

3 dekabr – Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni (1992).

4 dekabr – O‘zbekiston faxriylari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab himoyalash “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996).

4 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan kun (1993).

5 dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar kuni (1992).

5 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor-baletmeyster, raqqos Akbar Nishonovich Mo‘minov tavalludining 80 yilligi (1935).

6 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev (1940) tavalludining 75 yilligi.

7 dekabr – Turkiyshunos, folklorshunos va etnograf olim Abubakir Ahmadjonovich Divayev (1855-1933) tavalludining 160 yilligi.

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992) qabul qilingan kun – umumxalq bayrami.

10 dekabr – Inson huquqlari kuni (1948).

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun (1992).

10 dekabr – O‘zbekiston xalq ustasi Abdurashid Rahimov (1945) tavalludining 70 yilligi.

11 dekabr – YuNISEF-BMT Bolalar fondi (1946) tashkil topgan kun.

14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenligi e’lon qilingan kun (1990).

14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i tasdiqlangan kun (1992).

15 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, opera qo‘shiqlar ijrochisi Saodat Qobulova (1925-2007) tavalludining 85 yilligi.

16 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi FIFAga (1992) a’zo bo‘lgan kun.

17 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori Hamza Umarov (1925-1987) tavalludining 90 yilligi.

18 dekabr –Xalqaro migrantlar kuni (1990).

21 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH 1991 yil 8 dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1991).

22 dekabr – Energetik xodimlar kuni.

23 dekabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli romannavis va shoir Asqad Muxtor (taxallusi; fam. Muxtorov, 1920-1997) tavalludining 95 yilligi.

25 dekabr – O‘zbekistonda va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori Yevgeniy Eduardovich Bertels (1890-1957) tavalludining 125 yilligi.

29 dekabr – Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq Referendumi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan (1991) kun.

31 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq rassomi, professor grafikachi-rassom Qutlug‘ Basharov (1925-2004) tavalludining 90 yilligi.

31 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Abror Hidoyatov (1900-1958) tavalludining 115 yilligi.

Muhim sanalar
MUHIM SANALAR