MUHAMMADIYEV Rahmon Omonovich
MUHAMMADIYEV Rahmon Omonovich (1946.14.5, Denov tumani, Chagʻon qishlogʻi) — koʻz kasalliklari mutaxassisi, Uzbekiston Qaxramoni (2001). Tibbiyot fanlari nomzodi (1974). SamTIni tugatgan (1969), shu in-t koʻz kasalliklari klinikasida ordinator (1969 — 71), Burdenko nomidagi neyroxirurgiya in-tida aspirant (1971-74). Samarqand sh., ke-yinchalik Surxondaryo viloyat koʻz kasalliklari klinikasida turli lavozimlarda ishlagan (1974—81). Afgʻonistonda xizmat qilgan (1981-83). 1984-85 y. lar Denov tumani, 1986-y. dan Surxondaryo vilo-yati koʻz kasalliklari kasalxonasi bosh vrachi. Ilmiy ishlari koʻz kasalliklari xirurgiyasiga oid. 2chaqiriq Uzbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputati.
Ensiklopediya.uz
MUHAMMADIYEV Rahmon Omonovich