Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq–ovqat to’liq malumot oling

Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq–ovqat to’liq malumot oling

Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq–ovqat

1. Arpa. U organizmni zararli moddalardan tozalaydi, ovqat hazm qilishni yo‘lga qo‘yadi va ichakda foydali bakteriyalar o‘sishiga imkon beradi.

2. Xurmo (finik). Payg‘ambar (s.a.v.) uyda xurmosiz oziq-ovqat bo‘lmaydi, deganlar. U soch va teri uchun foydali, shuningdek, ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq va jigar kasalliklari oldini olishda yordam beradi. U yurak uchun ham foydali.

3. Anjir. Hazm qilishni yaxshilaydi va horg‘inlikda yordam beradi.

4. Uzum. Payg‘ambar (s.a.v.) qonni tozalovchi, tetiklikni oshiruvchi, buyraklarni mustahkamlab, ichaklarni tozalovchi uzumni yaxshi ko‘rganlar.

5. Asal. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, quvvatni tiklaydi, immunitetni oshiradi.

6. Tarvuz. Payg‘ambar (s.a.v.) tarvuz ayniqsa homilador ayollar salomatligi uchun foydali, deganlar. Uning tarkibidagi fermentlar ichakning normal faoliyat yuritishini ta’minlaydi. «Tarvuzni iste’mol qilgan har qanday homilador ayol tashqi ko‘rinishi chiroyli va fe’l-atvori ham go‘zal bo‘lgan bolani dunyoga keltiradi», — deganlar payg‘ambar (s.a.v.).

7. Sut. Payg‘ambar (s.a.v.) tozaligi bo‘yicha sutga tenglasha oladigan boshqa hech qanday ichimlik yo‘qligini aytganlar. Sut belni va miyani baquvvat qiladi, ko‘rish qobiliyatini va xotirani yaxshilaydi.

8. Qo‘ziqorin. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) u ko‘z uchun yaxshi vosita ekanligini aytganlar.

9. Zaytun moyi. U teri, soch uchun ajoyib vosita, shuningdek, keksayish jarayonini sekinlashtiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.

10. Anor. Payg‘ambar (s.a.v.) anor 40 kun ichida shaytondan va yovuz niyatlardan tozalashini aytganlar.

Davlatlar
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq–ovqat