Muhammad ismidagi xususiyat (Paygʼambarlar ismlarining maʼnolari) to’liq malumot oling
Qozi Muhammad Sulaymon Salmon Mansurpuri rahmatullohi alayh aytadilar:
Аlloh taʼolo Qurʼoni karimda shunday deydi:
Yaʼni: «Muhammad Аllohning Rasulidir». (Fath surasi, 29-oyat)
Yuqoridagi oyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ham ismlari, ham vazifalari aytib oʼtilgan. Har ikki jihatdan oyati karima nabaviy xususiyatni bayon qilgan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shaʼnlari yuksakligini bayon qilishda, muborak ismlari ham oʼzida xos xususiyat tutadi. Maʼlumki, anbiyoi kirom (alayhimussalom)larning ichida biror paygʼambarning ismida ham bunday xususiyat topilmaydi. Namuna tarzida bir necha ismlar quyida zikr qilinadi:
1) Odam alayhissalom ismlarining maʼnosi “bugʼdoy rangli” deganidir. Bashariyat otasining bu nomi, u kishining jismdagi ranglarini bayon qiladi.
2) Nuh alayhissalom ismlarining maʼnosi “orom” deganidir. Otalari u kishini orom va rohatga sabab deb ahd qilganlar.
3) Ishoq alayhissalom ismlarining maʼnosi “tabassum qiluvchi” deganidir. U kishi doimo ochiq chehrali boʼlganlar.
4) Yaʼqub alayhissalom ismlarining maʼnosi “ortdan” ergashib keluvchi deganidir. U kishi akalari bilan birga egiz holatda tugʼilganlar.
5) Muso alayhissalom ismlarining maʼnosi “suvdan chiqarib olingan” deganidir. U kishi solingan sandiqcha suvdan chiqarib olinganida, bu ism qoʼyilgan.
6) Yahyo alayhissalom ismlarining maʼnosi “uzoq umr” deganidir. Keksa ota-onasining eng goʼzal orzulari tarjimonidir.
7) Iso alayhissalom ismlarining maʼnosi “qizil yuzli” deganidir. Yuzlari doimo qip-qizil boʼlganligi sababli bu ism qoʼyilgan.
Yuqoridagi ismlarga qarasangiz va maʼnolari haqida fikr yuritsangiz, ularda Muhammad ismidagi xususiyat uchramaydi.
Muhammad arab tilida حَمَّدَ oʼzagidan mubolagʼa uchun olingan boʼlib, “oʼta koʼp maqtalgan” deganidir. Chunki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam Аlloh taʼoloning huzurida ham koʼp maqtalgan Zotdirlar. Muqarrab farishtalar nazdida ham koʼp maqtalgan Zotdirlar. Barcha paygʼambarlar nazdida ham koʼp maqtalgan Zotdirlar. Zamin ahli nazdida ham koʼp maqtalgan Zotdilar. Xattoki, kufr ahli ham buni tan oladilar.
Ha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Maqomi mahmud» sohibidirlar. «Hamd bayrogʼi» aynan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qiyomatdagi bayroqlarining nomidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ummatlarining nomi ham aynan shu munosabat ila «حَمَّادُون» (Oʼta koʼp hamd aytuvchilar)dir.
Аbdulqayyum Gʼofurov
“Hazrati Аli” jome masjidi imom noibi
manba: Azon.uz
Foydali Maslahatlar
Muhammad ismidagi xususiyat (Paygʼambarlar ismlarining maʼnolari)