Muhammad Iqbol hikmatlari
Muhammad Iqbol hikmatlari
DO`STLARGA ULASHING:
Shoir, mutafakkir va siyosiy arbob sifatida tanilgan Muhammad Iqbol 1877 yilning 9 noyabrida Pokistonning Siyalkot shahrida tavallud topdi. Shoir tug‘ilgan kun bugungi kunda Pokistonning milliy bayramlaridan sanaladi. Dastlabki she’riy kitobi «Asrori Hodiy» 1915 yilda fors tilida nashr qilindi. Ilk kitobi bilan mislsiz shuhrat topgan alloma shoirning «Rumuzi Baxodi», «Payomi mashriq», «Zaburi ajam», «Jovidnoma», «Bangi Dara», «Darbi Kalimdir» kabi o‘nlab kitoblari fors va urdu tillarida chop qilindi. Bugungi kunda mutafakkir shoirning asarlari dunyoning juda ko‘p tillariga tarjima qilingan. Shoir 1938yilning 21aprelida Lohur shahrida vafot etdi.
• Insonga sig‘adiganga koinot, koinotga sig‘maganga inson deyman.
• Ikkovi uchun ham osmon bitta, ammo zog‘ning dunyosi boshqa, lochinniki boshqa.
• Uyquni yengil o‘lim, o‘limni og‘ir uyqu deb biling.
• Qadahsiz sharob ichilmas, ammo untmang, odamni sharob mast qiladi, qadah emas.
• Hayot sharobdir, ammo eng taxiri va eng yaxshisi.
• Burgut o‘lik suvsarni ovlamaydi.
• Inson marvarid misoli ummon tubida, sohilga esa xas-cho‘p chiqadi.
• Davlatlar shoirlarning qalbida tug‘iladi, siyosatchilarning qo‘lida o‘sadi va o‘ladi.
• Ilm oshkora savoldir. Ishq esa sirli javob.
• Taqlidni bas qil, o‘zingni izla.
• Majnun shaharni tark aylab sahroga yuzlandi. Sen sahrodan ham voz kech. Orzuga yetmoq istasang Layloni ham terk et.
• Olovdan chaqnagan uchqun kabi bebosh bo‘lma.
• Ishq hayotning mag‘zidir, uni topganlarga o‘lim haromdir.
• Ishq sharobdir, ayni damda ishq ulkan qadah ham.
• Ishq yo‘lini aql bilan topmoqchimisan? Quyoshni sham yoqib qidirmoqchimisan?!
• Men izlaganim yo‘l emas, yo‘ldosh. Naql bejiz emas: avval yo‘l, keyin yo‘ldosh.
• Parvonadan yonishning hikmatini o‘rgan.Turk tilidan Ma’rufjon Yo‘ldoshev tarjimasi
ziyouz.uz
Muhammad Iqbol hikmatlari