Muhabbat qirralari
Muhabbat qirralari
DO`STLARGA ULASHING:
Sevgi erkinlik yo‘lida qurbon bo‘lishga ham tayyor.
F. ShILLERMuhabbatdangina muhabbat tug‘iladi.
V. G. BELINSKIYOshiqning o‘zi uzsin mo‘habbatning gulini,
Axir bu noyob tuyg‘u boshdan-oxir, batamom,
Faqat uning o‘ziga mangu etilgan in’om.
F. ShILLERBir boqishda tug‘ilgan muhabbatning davosini topish ayniqsa qiyin.
J. LABRUEROshiq va ma’shuqlar bir-birlari bilan uchrashganlarida mutlaqo zerikmasliklarining boisi shundaki, ular to‘xtovsiz ravishda o‘zlari haqida gapiradilar.
F. LAROShFUKOOlamda sevgilingning siymosidan zeboroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa yo‘q.
J. LABRUERHamma ovozlar ichida eng yoqimlisi — bu biz sevgan ayolning ovozidir.
J. LABRUEROshiqlar visoliga hamisha vaqt yetmaydi.
I. GYoTEHayotga muhabbat uyg‘otmoq uchun ozgina umidning o‘zi kifoya. Ikki-uch kundan so‘ng esa umid yo‘qolishi mumkinu, ammo o‘rtada muhabbat tug‘ilib qoladi.
STENDALBoshqa bir odam qalbidagi muhabbatni mahv etishdan ham og‘ir va kechirilmas gunoh yo‘q.
G. IBSENDunyoda dahshatli yovuzliklar ko‘p, ammo hammasidan ham dahshatlirog‘i — muhabbatni bo‘g‘ish.
B. PRUSMuhabbat o‘limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo‘rt hamdir.
G. MOPASSANKo‘ngil savdosida ham yil fasllariga o‘xshab birinchi ayozlar nihoyatda sezilarli bo‘ladi.
P. BUASTMuhabbat jarohatlari hammavaqt ham o‘ldirmagani bilan baribir hech qachon bitib ham ketmaydi.
J. BAYRONAgar sevgini o‘lchab bo‘lsa, u qashshoq sevgidir.
V. ShEKSPIRO‘z muhabbati haqida shovqin-suron ko‘tarishni yaxshi ko‘radigan odamgina seva oladi, deyish xato; aqlli odamning his-tuyg‘ulari so‘zida ham, ishida ham aks etib turadi, yana ba’zilarida bu faqat amalda bo‘ladiki, ehtimol, shu indamasligi uchun ham ularnin tuyg‘usi kuchlidir.
N. G. ChERNIShEVSKIYO‘z muhabbatingni chuchmal maqtovlardan ko‘ra, foydali ish bilan izhor etganing ma’qul.
D. I. PISAREVChin muhabbatning tili lol, sababi, haqiqiy his-tuyg‘ular so‘zdan ko‘ra amalda ko‘proq zohir bo‘ladi.
V. ShEKSPIRMa’shuqa turgan joyda har qanday so‘zamol og‘izlar ham gung-soqov bo‘lib qoladi, aytishni shu qadar xohlaganidan ayni tilning uchida turgan gaplar ayniqsa esdan chiqadi.
M. SERVANTESEhtiros aql ishlatib o‘tirmaydi.
O. BALZAKYuragi qanchalik kuyayotganini gapirib bera olgan odam u qadar kuymayotgan bo‘ladi.
PETRARKAUncha sevmagan odamgina o‘z muhabbatini izohlab bera oladi.
PETRARKAMuhabbat haqida dono gapirgan erkak u qadar sevmaydi.
J. SANDMuhabbat haqida hammaga jar solgan odam — ishqsiz odam.
V. ShEKSPIRO‘zing his etmagan muhabbatnigina batafsil gapirib berishing mumkin.
A. KARRJamiki oshiqlar o‘zlari uddalay olmaydigan ishlarni qilishga ham qasam ichadilaru aslida imkoniyatlari doirasidagi ishni ham qilmaydilar.
V. ShEKSPIRKimki sadoqat haqida hech vaqt ont ichmagan bo‘lsa, u hech qachon ontini buzmaydi.
AFLOTUNMa’lumki, o‘tli tuyg‘ular lo‘nda, ammo kuchli ifoda etiladi.
G.R. DERJAVINSevib qolgan yigitni ayblash, biror kishiga kasalligini yuziga solib, ta’na qilish bilan bab-baravardir.
Sh. DUKLAIlk marta sevib qolgan odamdan bu haqda og‘iz ochmaslikni talab qilib bo‘lmaydi. Ilk muhabbatga shu qadar toshqin quvonch hamroh bo‘ladiki, u bo‘shalib turishi kerak, aks holda, oshiqni bo‘g‘ib qo‘yadi.
A. DYuMASevgi yoki do‘stlik bobidagi qo‘rqoqlik bema’nilik va buning ustiga shaxsiyatparastlikdan iborat bo‘lur edi, eng avvalo o‘zimizdagi, qolaversa, sevganimiz insondagi barcha tuyg‘ularni mahv etgan bo‘lur edi.
J. SANDMuhabbatda ham xuddi san’atdagiga o‘xshab boshqalar tomonidan aytilgan gapni takrorlamaslik kerak; o‘zing his etgannigina so‘zlashing lozim; bo‘lmasa-yu, gapirishga shoshilsa, o‘zi uchun bir umr gapirolmay o‘tish xavfini tug‘diradi.
R. ROLLANDo‘stlik va muhabbatda biz o‘zimiz bilgan narsalardan ko‘ra bilmagan narsalarimizdan ko‘proq baxtiyorlikka erishamiz.
F. LAROShFUKOMuhabbat — shunday bir soxta tanga yasovchiki, u tinim bilmay misni oltinga aylantiruvchigina bo‘lib qolmay, vaqti-vaqti bilan oltinni misga aylantirib turuvchi hamdir.
O. BALZAKSevgi nigohi shundayki, unga mis — oltin bo‘lib, qashshoqlik — boylik bo‘lib, yilt etgan uchqun — dur bo‘lib ko‘rinadi.
M. SERVANTESSen mening qiyofamda sevgan odam, so‘zsiz, mendan yaxshi; men unchalik emasman. Lekin sen meni sev, shunda men o‘zimdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishga intilaman.
M. M. PRIShVINMuhabbat sevikli kishida unda yo‘q fazilatpi ko‘rib ko‘pincha yanglishadi, lekin ba’zan shu muhabbatning o‘zi unda aql va ko‘z ilg‘ay olmaydigan go‘zallik yoki buyuklikni ham kashf etadi.
V. G. BELINSKIYKo‘pincha, erkak bir holatda-yu, ayol esa suxsurdayligini ko‘ramiz. Demak, biz erkakning ayol qadrlagan yashirin fazilatlarini bilmaymiz: bu kun«Sevaman» degan so‘z sekin va jo‘n aytilgandagina ayol bunga ishonadi.
Ya. GALANYuraklar muhabbat bilan limmo-lim bo‘lsa va visol onlaridan hijron chog‘larigacha gupillab ursa, odam bir-birining dilidagini shunchaki bir ishora bilan ham anglay ola biladi.
R. TAGORSevgi hamisha unga bo‘lgan ishonchdan ko‘ra ustun turadi. Har kuni takrorlanadigan. «Seni qanday sevishimni bilsang edi!»— degan so‘zlarga naqadar teran va cheksiz-chegarasiz haqiqat jamlangan.
V. GUMBOLDTHech bir narsa muhabbatni qattiq monelikdek alangalata olmaydi.
LOPE DE VEGASevgi yo‘lidagi har qanday g‘ov uni faqat kuchaytiradi.
V. ShEKSPIRQarshilikdan qo‘rqqan sevgi — sevgi emas.
J. GOLSUORSIHijron tuyg‘ularni o‘chirmay, aksincha, alanga oldiradi.
M. RUSINEKAyriliq muhabbat uchun baayni olovga tekkan shamolday gap: u kuchsiz olovni o‘chiradi, kattasini esa guvillatib yuboradi.
R. BUSSIKo‘ngil bog‘lash uchun o‘ta sinchkovlik shart emas, muhabbat esa oshirib ko‘rsatadigan ko‘zgu yordamida paydo bo‘ladi.
T.BRAUNEng dono kishi ham sevib qolgach, endi hech bir narsani asl holatida ko‘ra olmaydi… Uncha ko‘zga tashlanmay yurgan ayol ham butunlay boshqacha ko‘rinib, bittayu bitta zot bo‘lib qoladi.
STENDALSavdoyi qizni sevib qolgan odam unga benihoya qizg‘in, kuchli ehtiros bilan talpinadi, bu xil muhabbatning sababi — yo oshiq tabiatidagi g‘alati tantiqlik, yo bo‘lmasa ma’shuqada husn sehru jodusidan ko‘ra qudratliroq bo‘lgan sirli sehru joduning mavjudligidir.
J. LABRUERSevganimizda hech narsani ko‘rmaymiz.
LOPE DE VEGAOshiqqa xunuk narsa ham ko‘pincha chiroyli ko‘rinadi.
FEOKRITOshiqqa ma’shuqaning qusuri bilinmaydi.
FARRUXIYO‘z sevgilisining kamchiliklarini ham ardoqlamagan odam o‘zini chinakam oshiq deyolmaydi.
P. KALDERONAyolning ayolligini o‘sha ayol qanday erkakni sevganida bilsa bo‘ladi.
V. G. BELINSKIYAgar sevsang, muhabbatingga arziydiganni sev. Sevilgan odam Ptolomey yoki Aflotun darajasida bo‘lishi shart emas, lekin oz bo‘lsa-da, idrok egasi bo‘lmog‘i kerak.
QOBUSErkak kishi tanlagan qayliqqa qarab turib, u odamning kimligi, o‘z qadr-qimmatini biladimi-yo‘qmi, osongina bilsa bo‘ladi.
I. GYoTEHayotni idrok etish va uni boshqa bir zot siymosida sevish — insonning vazifasi ham, iste’dodi ham mana shundadir: har bir kishi o‘zini boshdan-oxir bitta odamgagina bagishlay olishi mumkin.
A. BARBYuSziyouz.uz
Muhabbat qirralari