MUGʻ QALʼA HUJJATLARI

MUGʻ QALʼA HUJJATLARI

MUGʻ QALʼA HUJJATLARI – Mugʻ qalʼa xarobalaridan topilgan hujjatlar majmuidan iborat oʻziga xos arxiv qoldigʻi (mil. 7-a. oxiri — 8-a. boshi) . Uning tarkibidagi jami 80 xujjatdan 74 tasi fanda shartli ravishda «milliy sugʻd yozuvi» yoki Samarqand sugʻd yozuvi deb nomlangan yozuvda bitilgan. 3 ta hujjat xitoy yozuvida boʻlib, mazkur arxiv mazmuniga daxldor emas. Xitoycha matn bitilgan qogʻozning orqa toza yuzasidan yozuv materi-ali sifatida foydalanilgan. 2 ta hujjat arab yozuvini kufa usulida bitilgan va arxiv mazmuniga aloqador. 1 ta hujjat teri yuzasiga qad. turkruniy yozuvda bitilgan. Hujjatlar bitilgan materiallar turlicha. 20 dan ortiqhujjat toldan kesilgan tayokchalarda, 20 dan ortiqroq hujjat oshlangan teri yuzasida va bir qancha hujjat xitoy qogʻozlarda yetib kelgan.

Ensiklopediya.uz
MUGʻ QALʼA HUJJATLARI