Muddatidan ilgari tugʻilgan bolalarning rivojlanishi
Aslida, muddatidan ilgari tugʻruqlar- bu bolaning 37 haftaga yetmasdan tugʻilishi. Odamlarda meʼyoriy gestatsion davr 38 haftadan 42 haftagacha boʻladi. Mukammal sharoitda bolalar ona qornida toʻliq rivojlanguncha boʻladi. Biroq, turli sabablarga koʻra har doim ham bunday boʻlavermaydi. Bola ona qornida boʻlgan har kuni yoki har haftada uning oʻlchamlari, boʻyi va rivojlanishi bilan bogʻliq muhim oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ularning barchasi ham koʻzga koʻrinavermaydi, lekin bu narsa ularni muhimsizroq qilmaydi. Xuddi shunday, bolani belgilangan muddatda tugʻilishi unda asoratlar boʻlmasligining kafolati emas. Har bir homiladorlik va ona- noyob. Bola belgilangan muddatidan qanchalik erta tugʻilgan boʻlsa, unda sogʻligʻi va rivojlanishi borasida muammolar boʻlishi ehtimoli shunchalik yuqori. Mana nima uchun barcha onalarga oldindan kuzatuv va tegishli prenatal parvarishni, hamda monitoringni taʼminlash muhim. Ayniqsa bu narsa yuqori xavf toifasidagi onalarga muhim. Muddatidan ilgari tugʻruqlarning taxminan 85% homiladorlikning 32 haftasiga toʻgʻri keladi. Hozirgi vaqtda har yili taxminan 15 million bola (10tadan 1tasi) muddatidan ilgari tugʻiladi. Koʻpincha sababi nomaʼlumligicha qoladi, lekin ayrim hollarda uni aniqlash mumkin: Chala tugʻilgan bolalar dunyoga vaginal tugʻruq yoʻli bilan ham, kesarcha kesish yoʻli bilan ham paydo boʻlishi mumkin. Agar onada homila atrofi qobiqlari oʻzi yorilgan boʻlsa (suv ketib qolishi) va boshqa asoratlari boʻlmasa, u tabiiy yoʻl bilan tugʻishi mumkin. Biroq, bola yetilmaganligi tufayli vaginal tugʻruq u uchun oʻta jarohatli va ogʻir boʻlishi mumkinligiga qoʻrquvlar boʻlsa, kesarcha kesish oʻtkaziladi. Bu chala tugʻilgan bolalarning tugʻilishida keng tarqalgan omil va u oʻpkalar toʻliq rivojlanmaganligi tufayli sodir boʻladi Bolaning toʻliq rivojlanmaganligi qanchalik koʻp boʻlsa, u respirator distress-sindrom yoki RDSni his qilishi ehtimoli shunchalik yuqori. Yuzaki-faol modda deb nomlanuvchi modda taxminan 28 haftadan boshlab ishlab chiqarila boshlaydi, va koʻrsatilgan muddatgacha tugʻilgan bolalarda koʻproq nafas olish bilan muammolar paydo boʻladi. Yuzaki-faol modda bolaning oʻpkalaridagi alveolyar qopchalarga ularning yetarlicha boʻlmagan hajmida ham ochiq qolishiga yordam beradi; nafas olish yoʻllari kislorod va karbonat angidridning tegishli almashinuvini taʼminlashga qodir emas. RDSni boshdan kechirgan bolalarda erta yoshda astma rivojlanishining xavfi yuqori. Tibbiyot sohasida bola chala tugʻilsa standart ravishda «korrigirlangan yosh» tushunchasi ishlatiladi. Masalan, agar bola muddatidan 10 hafta ilgari tugʻilsa, uning korrigirlangan yoshi 30 haftani tashkil etadi. Bola ikki yoshga toʻlmagunicha, odatda, uning vazn orttirishi, bosh aylanasi va boʻyi hisobga olinadi. Ushbu davr oʻtgandan keyin bunday bolalarning parametrlari tengdoshlari bilan teng ravishda baholanadi. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, maktab yoshiga yetganda aksariyat chala tugʻilgan bolalar rivojlanish darajasi boʻyicha xuddi shu yoshdagi bolalarga yetib olarkan. Ularning tarbiyasi koʻproq vaqt olishi mumkin, ularga koʻproq amaliyot va koʻmak zarur, lekin natijada ularning aksariyati tegishli rivojlanish darajasiga yetib oladi. Va yana bu narsa yetarli boʻlmagan haftalar soniga va bolaning tugʻilishdagi vazniga bogʻliq. 24 haftalik muddatda tugʻilgan bolaning yashab ketish imkoniyati taxminan 58%ni tashkil qiladi, 32 haftasiga borib ushbu koʻrsatkich 97% va undan yuqori boʻlsa ham. Koʻpchilik yirik poytaxt tugʻruqxonalarida chaqaloqlarning maxsuslashgan intensiv terapiya boʻlimlari mavjud. Chala tugʻilgan bolalarni parvarishlash tibbiyot va hamshira xodimlarini jalb qilib, yuqori malakali yondashuvni talab qiladi. Inkubatorda yotgan bolaga issiqlikni taʼminlash muhim, hamda tez-tez suyuqlik va antibiotiklarni berish talab etiladi. Shuningdek, chala tugʻilgan bolaga yurak ishlashini va haroratni nazorat qiluvchi monitor ulanishi va qoʻliga yoki kindigiga tomizgʻich oʻrnatilishi mumkin. Hodimlarga bola ahvolining har qanday oʻzgarishi haqida ogohlantiruvchi maxsus signalizatsiyani oʻrnatish zarur. Ayrim bolalar maxsus boʻlimlarda yoki intensiv terapiya boʻlimlarida koʻp haftalar mobaynida yotishiga toʻgʻri keladi. Agar bola muddatidan ilgari tugʻilgan boʻlsa, uni bir necha oyga shifoxonada qoldirish ehtimoli mavjud boʻladi. Tegishli parvarish taʼminlanishi shartida chala tugʻilgan bolalar sogʻlom va toʻlaqonli turmush kechirishi ehtimoli oshib boradi. Rivojlanishdagi kechikishini erta aniqlanishi va davolanishi bolalar uchun ham, ularning ota-onalari uchun ham yaxshi natijalarni olinishini taʼminlaydi. Chaqaloqlarning barcha boʻlimlarida keyingi baholash dasturlari va jarayonlari mavjud. Chalalik darajasiga qarab, bolalik yoshining butun davri davomida bola muntazam koʻrikdan oʻtib turishi kerak. Chala tugʻilgan bolani parvarishlash jarayonida shifokorlar jamoasi jalb qilinadi, ularning orasiga pediatrlar, neonatologlar, hamshiralar, fizioterapevtlar, mehnat terapiyasi boʻyicha mutaxassislar va nutq buzilishlari boʻyicha mutaxassislar, hamda parhez terapiyasi sohasidagi mutaxassislar kiradi. huggies.uzMuddatidan ilgari tugʻilgan bolalarning rivojlanishi
DO`STLARGA ULASHING:
Muddatidan ilgari tugʻilgan bolalarning rivojlanishi
Bolani belgilangan muddatidan oldin tugʻilishi sogʻliq va rivojlanish tomonidan sinchkov nazorat qilish kerak boʻlgan bir qator muammolar bilan bogʻliq. Har bir bola oʻziga hos ekanligini va homiladorlikning bir vaqtida ikkita bola tugʻilishiga qaramasdan ularning asoratlari turlicha boʻlishi mumkinligini yodda tutish muhim.Bolalar tasniflashning quyidagi toifalariga tushadi
Muddatidan ilgari tugʻruqlar bilan bogʻliq standart muammolar:
Kamqonlik
Ayrim holatlarda chala tugʻilgan bolalar toʻliq rivojlanmaganligi tufayli oʻladi.Erta tug’ilishning umumiy uzoq muddatli muammolari:
Nega erta tug’ilish sodir bo’ladi?
Oddiy etkazib berishni davom ettira olamanmi?
Muddatidan ilgari tugʻruqlarning xavf omillari
Nafas olish muammolari sindromi
Korrigirlangan yosh nima degani?
Chala tugʻilgan bolalarning istiqbollari qanday?
Agar bola mustaqil nafas olish uchun juda kichkina boʻlsa, unga nazal yoki oral trubka oʻrnatiladi, u traxeya boʻylab pastdan oʻtib ketadi (nafas olish trubkasi). Oʻpkalarni sunʼiy ventilyatsiya qilish apparati oʻpkalarga muntazam ravishda kislorod uzatib, bola nafas olishini taʼminlaydi.
Muddatidan ilgari tugʻilgan bolalarning rivojlanishi