MUBORAK GAZ-KONDENSAT KONI

MUBORAK GAZ-KONDENSAT KONI

MUBORAK GAZ-KONDENSAT KONIMuborak sh. yaqinidagi Jan. va Shim. Muborak konlari. Jan. Muborak gaz-kondensat koni Muborak sh. dan 15—20 km jan.-sharkda joylashgan. Kon strukturasi 1955-y. da L. G. Cherkashina va N. I. Kamoliddinovlarning seysmik tadqiqotlari natijasida aniqlangan. Konning gazliligi kuyi boʻrga mansub 12 – va 13-gorizontlar bilan bogʻliq. 12mahsuldor gorizont 1160—1470 m chuqurlikda joylashgan va qumtosh va alevrolitlardan tashkil topgan. Umumiy qalinligi 62—67 m, samarali qalinligi 16—27 m, ochiq gʻovakliligi 18—22%, samarali gʻovakliligi 12— 18%, oʻtkazuvchanligi 125 — 578 millidarsini tashkil etadi. Uyumning uz. 12,6 km, eni 4,3 km va qalinligi 130 m. Gaz zichligi 0,640 (xavoga nisbatan), tarkibidagi metan 85 — 93%, SO2 gazi 0,1 — 1,5%, azot va nodirgazlar 1,8—5%. Kondensatning zichligi 0,74; qovushokligi 1,03 santipuz, tarkibidagi oltingugurt 0,03%. Gaz tarkibida erigan kondensat mikdori 95 sm3/m3. 13-gorizont 1230— 1450 m chuqurlikda joylashgan boʻlib, asosan, qumtosh, gravelit, gil va qisman mergeldan tuzilgan. Umumiy kalinligi 80 m gacha, samarali qalinligi 30 m, ochiq gʻovakliligi 16—24%, samarali gʻovakliligi 12—18%, oʻtkazuvchanligi 298 millidarsi. Uyumning uz. 10 km, eni 3,75 km, qalinligi 82 m. Boshlangʻich qatlam bosimi 133 atm, t-rasi 65°. Gazning zichligi 0,63 (havoga nisbatan) va tarkibidagi metan 84,8—92,7%, ogʻir uglevodorodlar 7—8%, azot va nodir gazlar 2—5,8%, kondensat mikdori 80,6 sm3/m3. 12—13-gorizontlardagi kondensat fizikkimyoviy xossalari boʻyicha bir xil.

Ensiklopediya.uz
MUBORAK GAZ-KONDENSAT KONI