MUALLAQ TOSH

MUALLAQ TOSH

MUALLAQ TOSH — Aqso masjidi yaqinidagi Qubbat as-Saxra masjidi ichidagi tosh. Quddus sh. da. Ushbu Muallaq toshning saxdi taxm. 7—8 kv. metr keladi. Uning pastki qismida 2 kishi sigʻadigan gʻorcha bor. Fop ichiga kirilsa 7 kishi sigʻadigan joy boʻlib, u yerga joynamoz toʻshab qoʻyilgan, kirgan odam ikki rakaat namoz oʻqib chiqadi. Ushbu tosh atrofi 1 m balandlikda panjara bilan oʻrab qoʻyilgan. Rivoyatlarga qaraganda, Rasululloh tosh orqali Buroq deb nomlanuvchi ulovga minib Meʼrojga chiqqan. Rasululloh osmonga koʻtarilganida tosh ham orqasidan ergashib, havoga koʻtarilgan-u, paygʻambar «toʻxta» deganida, u yerdan 2 m koʻtarilganicha qolavergan, degan rivoyat mashhur. Musulmonlarga bu toshni muqaddaslashtirish yoki ziyorat qilish buyurilmagan.

Ensiklopediya.uz
MUALLAQ TOSH