MUʼINIDDIN NATANZIY

MUʼINIDDIN NATANZIY

MUʼINIDDIN NATANZIY (14-a 2-yarmi — 15-a. boshi) — tarixchi olim. Eronning Isfahon viloyatidagi Natanz qasabasidan. Davlatshoh Samarqandiynint «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi») asarida yozishicha, 15-a. boshlarida Sherozda Mirzo Iskandar saroyida Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar bilan birga Muʼiniddin Natanziy ham yashab, ijod qilgan. 1414-y. dan Hirotda yashagan. Bizgacha Muʼiniddin Natanziyning fors tilida yozilgan «Muntaxab uttavorixi Muʼiniy» («Muʼiniyning saylanma tarixi») nomli asari yetib kelgan. Bu asar eng qad. zamonlardan Amir Temur vafotigacha boʻlgan davrdagi Markaziy Osiyo va b. bir qator oʻlkalar tarixiga bagʻishlangan.

Ensiklopediya.uz
MUʼINIDDIN NATANZIY