MOZORI SHARIF MADRASASI
MOZORI SHARIF MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1882). Muhammad Rahimxon 11 (Feruz) buyrugi b-n usta Qalandar Kochim qurgan. Madrasa (28,6×15,8 m) bir qavatli, bosh tarzi jan. ga qaragan. Peshtogʻi yashil rangli sirkor koshinlar bilan «bantak» uslubida bezatilgan. Darvozasi va uning tepasidagi toʻsin yogʻoch oʻymakorligida ishlangan. Bosh tarzidagi xocheimon gumbazli miyonsaroy opkali hovliga oʻtiladi. Hovli (11,6×6,2 m) atrofida balxi gumbazli hujralar joylashgan. Mozori sharif madrasasida darexona va masjid uchun aloxida xonalar qurilmagan.
Ensiklopediya.uz
MOZORI SHARIF MADRASASI