«Mozilla Firefox» o‘zbek tilida

«Mozilla Firefox» o‘zbek tilida

mozilla firefox ozbek tilida 6662e3193a582

Assalomu alaykum blogimni o’quvchilar. Bugun xursandchilik bilan e’lon
qilishim mumkinki, kecha «Mozilla Firefox»ning 36-versiyasi o’zbek
tilida chiqqanligini Facebook’dagi «iTarjimon» guruhidagi qoldirilgan
post orqali xabar topdim, lekin rasmiy yuklab olish sahifalariga o’zbek
tili qo’shilmagan.
Men ushbu bruzer uchun uch yilga yaqin vaqtim ketibdi. Hatto
«21-versiyasi o’zbek tilida chiqadi, inshoolloh» deb twitterhda yozuv
qoldirgan ekanman 🙂 . Birinchi marta Toshkentda Barcamp’da «Opera»
brauzeri dasturchilaridan biri bilan uchrashib, uni o’zbek tiliga
tarjima qilish taklifini bergandim. U bergan pochta orqali lokalizatsiya
markazi bilan bog’landim, lekin ularga qilib bergan sinovdagi tarjimam
yoqmagandi va «Opera» boshqa insonlar tomonidan o’zbek tiliga
o’girilgandi. Mozilla Firefox 2006-yilda norasmiy tarzda qisman Mashrab
Kuvvatov va Behzod Saidovlar tomonidan ham o’zbek tiliga o’girilgandi,
lekin rasmiy versiyaga qo’shilmaganligi uchun qolib ketgandi.
Menda
aslida «Mozilla Firefox»ni tarjima qilish g’oyasi «Ubuntu»ni tarjima
qilish vaqtida tug’ilgan edi. Ubuntu uchun ko’pchilik dasturlarni o’zbek
tiliga o’girib chiqqandim, lekin brauzerlar hali tarjima qilinmagan
edi. Shunda «Mozilla Firefox»ni tarjima qilishim kerak degan maqsadni
o’z oldimga qo’ydim. Ancha oldin Qamarnisoning «Firefox»ni ishlab
chiqaruvchilar o’zbek tiliga tarjima qilib beruvchi kishini
izlayotganini aytgandi. Men u bergan pochta orqali «Pootle»dagi «Mozilla
Firefox» tarjimalari bilan shug’ullanuvchi kishini topdim va tarjimani
boshlab yubordim. Boshida «Ubuntu»dagi standart o’bekcha shriftdan
foydalanib «o'» va «g'» harflaridagi «yakka qo’shtirnoq» o’rniga «okina»
belgisidan foydalandim. Keyinroq esa, Ruslan Abdullayevning yordamida
o’zbekcha klaviaturalarga «‘» — yakka qo’shtirnoq belgisini qo’shishga
muvaffaqt bo’ldim va qolgan tarjimalarida «o'» va «g'» yakka qo’shtirnoq
belgisi bilan yozildi. Shuning uchun ham hozirgi tarjimalarda ushbu
belgilar turlicha bo’lishi mumkin. «Mozilla Firefox»ning sayti
tarjimalarida anchagina xatolar bor. Ularni to’g’rilash uchun vaqtim
kamlik qildi. Bundan tashqari sayt tarjimasini juda tez qilishga harakat
qilganman, chunki ularni tugatsam, «Mozilla Firefox»ni o’zbekchada
chiqarishga va’da berishgandi. Uch yil davomida «Firefox Aurora»
versiyasini ba’zi umuman rus va ingliz tilini tushunmaydigan kishilarga
ishlatib ko’rishni tavsiya qildim. Hatto bir qarindoshim bemalol undan
foydalanishni o’rganib oldi. Bundan oldin o’zbek internet
foydalanuvchilariga oson bo’lishi muchun «Mozilla Firefox» uchun
o’zbekcha imlo tekshirgich kengaytmasini yaratib ham ko’rdim. Menda
yaxshi ishlagandi. Xudo xohlasa, ushbu loyihani ham davom ettiraman
degan umiddaman.
Qisqasi, o’zbekcha «Mozilla Firefox» kerak deb
o’ylayman. Shunchaki, faqat internetni ko’rish emas, undan foydalanishni
oson qilish uchun ham o’zbek tilida bo’lgani yaxshi deb o’ylayman.

Mana bu yerga kirib, yuklab olishingiz mumkin. Ushbu sahifada o’zbek tili qo’shilganligi haqidagi ma’lumotlar ham bor.

mozilla firefox ozbek tilida 6662e319a56de

Men qiziqiqanimdan uyga borib o’tirmasdan, ishxonamning o’zidayoq yuklab oldim va o’rnatish jarayonini boshladim

mozilla firefox ozbek tilida 6662e31a204ca

Nazarimda, tarjimalar juda yomon chiqmagan, lekin tepada «WelMozilla
Firefox» shaklida xato ketgan joy bor, buni hozir to’g’rlab qo’ydim.

mozilla firefox ozbek tilida 6662e31aa6e2d

Keyin esa,

mozilla firefox ozbek tilida 6662e31b1d8ec

So’ngra, o’rnatib bo’linishini kutdim.

mozilla firefox ozbek tilida 6662e31b880e9

Oxirida o’rnatib bo’linganligi haqida ma’lumot chiqdi.

mozilla firefox ozbek tilida 6662e31bed365

Endi «Tugatish» tugmasini bosib, ishga tushirish qoldi.

mozilla firefox ozbek tilida 6662e31c61d5b

Albatta, «|Hech narsa import qilinmasin»ni tanladim, chunki sinxornlash

orqali oldingi saytlarni va parollarni bemalol topib olishim mumkin.

mozilla firefox ozbek tilida 6662e31cc0b95

Mana umumiy ko’rinishi. Menimcha, yangi so’zlar qo’shilgan va ular hali

o’zbek tiliga o’girilmagan. Aniqrog’i men xabarsiz qolibman. Keyingi

versiyalarda o’zbek tilida ko’rasiz, xudo xohlasa.

mozilla firefox ozbek tilida 6662e31d409dd

Menyular bilan tanishishda yana davom etdim.

Shunaqa gaplar. Facebook’dagi «Havaskor va professional tarjimonlar»

guruhiga ushbu e’lonni joylaganimda Hamza Foziljonov o’rnatish

jarayonidagi «ekran rasmlari» bilan bo’lishdi. Unda okina belgisining

katakchalar shaklida ko’rinayaotganini ko’rish mumkin. Men u kishidan

tizimidag kodlash bilan bog’liq muammo bor bo’lishi mumkin deb fikr

bildirdim. Sherzod Mamatkulovning fikricha Hamza Foziljonovning

tizimidagi mavzu okina belgisini o’qiy olmayapti. Chunki, mening ham ham

Sherzod Mamatkulovning ham kompyuterda odatdagi «Windows 7» mavzusida

har bir belgi yaxshi ko’ringan edi.

Manba:

Yangiliklar
«Mozilla Firefox» o‘zbek tilida