Moyaklarni mustaqil tekshirish haqida malumot

Moyaklarni mustaqil tekshirish haqida malumot

Erkaklarning jinsiy a’zolarida biri bo‘lmish moyaklar, juft bez bo‘lib, yorg‘oqda joylashgan hamda u sperma ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. Vazifasidan ham ma’lum bo‘lib turibdiki, hayotiy muhim ahamiyatga ega a’zo hisoblanadi.

Agar siz moyagingizda og‘riq yoki turli xildagi shishlarni sezsangiz uni mustaqil ravishda o‘zingiz tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Mustaqil tekshirish yordamida erkaklar moyaklaridagi o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin. Masalan, moyakda o‘sma (rak) paydo bo‘layotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zini tekshirish orqali xavfni aniqlash hamda shifokor bilan birga bu kasallikni bartaraf etish mumkin. Moyak o‘smasi boshqa o‘smalarga nisbatan kam uchraydi. Lekin, uni o‘tqazib yuborish, o‘z vaqtida aniqlamaslik, bilmaslik juda xavflidir!

Moyaklarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turish nima uchun muhimligini tushundingiz degan umiddaman! Agar, hali ham muhimligini tushunmagan bo‘lsangiz, oddiygina tekshirish yoki tekshirmaslik oribatida bo‘lg‘usida ota bo‘la olishingiz yoki bo‘la olmasligingizni o‘ylang! Endi aniq tushundingiz – a! Unda moyaklarni mustaqil tekshiruvni boshlaymiz.

Taxminan bir oyda bir marta iliq vanna yoki dushdan keyin (bunda yorg‘oq terisi yumshoq bo‘ladi hamda moyakni bilishga to‘sqinlik qilmaydi), quyidagi ko‘rsatmalarga muvofiq moyakni va yorg‘oqni yaxshilab kuzating. Moyaklar kattaligi, shakli, yumshoqligi kabi barcha belgilariga ahamiyat bering. Biroz o‘tgach siz yorg‘oq va moyakni shu qadar yaxshi his qilasizki, kelgusida bo‘ladigan har qanday o‘zgarishni birdan payqaysiz.

Tekshirish uchun:

  • Har bir moyakni paypaslab ko‘ring, bunda II va III barmoqlar moyak ostida, I barmoq esa moyak ustki yuzasida bo‘lishi kerak;
  • Har bir moyakni ehtiyotkorlik bilan barmoqlar orasida oldinga – orqaga, so‘ngra yon tomonlarga aylantirib ko‘ring;
  • Agar tekshiruv natijasida, biror bir shishni (og‘riqli yoki og‘riqsizligidan qatiiy nazar) sezsangiz, yorg‘oq sezuvchanligi oshganligini, terida o‘zgarish bo‘lganligini payqasangiz urolog yoki androlog shifokorga murojaat eting!

Kasalliklar
Moyaklarni mustaqil tekshirish