Moxandas Karamchand Gandi hikmatlari
Barcha masalalarda har qanday odamning va’dasiga ishonsa bo‘ladi, ammo pul masalasi bundan mustasno. * * * Modomiki men jamoat xizmatiga boshim bilan sho‘ng‘ib ketgan ekanman, buning sababi mening o‘zimni anglashga bo‘lgan intilishimdan iborat edi. * * * Bolalar orasida bo‘lganimda o‘zimni dunyodagi eng baxtli odam deb bilaman. * * * Nafratsiz biron narsadan voz kechish uzoqqa bormaydi. * * * Bizning nafsimiz shunchalik kuchliki, uni ham ichkaridan, ham tashqaridan qat’iy qoidalarga solgan taqdirdagina tiyish mumkin. * * * Aql har qanday hissiylik sarchashmalarida joylashgan bo‘ladi. * * * Qandaydir sitam yetsa, bu bizning gunohlarimiz uchun berilgan jazo ekani haqidagi fikr meni g‘azabga minishdan saqlab turardi. * * * Hayot ipining uchi Xudoning qo‘lida ekan, nima uchun bu hayotni Unga ishonmaslik kerak. * * * Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish… Ruhni rivojlantirish – fe’l-atvorini shakllantirish demakdir. * * * Odam tayyorgarlikni hayotining so‘nggi pog‘onasiga tashlab qo‘yar ekan, u o‘zini o‘zi anglash darajasiga yetmaydi, balki shunday bir keksalikka yetishadiki, bu keksalik ikkinchi, ammo endi achinarli bir bolalik bilan teng bo‘lib, u atrofdagilar uchun malollik keltirishdan boshqa narsaga arzimaydi. * * * Agar yolg‘onchi bo‘lganimda, bolalarni to‘g‘ri gapirishga o‘rgatishdagi barcha urinishlarim zoye ketgan bo‘lardi. Men o‘zim bilan yonma-yon yashayotgan o‘g‘il va qizlar uchun har doim jonli misol bo‘lishim kerakligini tushunib yetdim. * * * Haqiqat yo‘lida, tabiiyki, g‘azab, xudbinlik, nafrat kabi narsalar g‘oyib bo‘ladi. Aks holda unga erishishning iloji bo‘lmaydi. Ruschadan Abdulatif Abdullayev tarjimasi ziyouz.uzMoxandas Karamchand Gandi hikmatlari
DO`STLARGA ULASHING:
Moxandas Karamchand Gandi hikmatlari