Moslashuvchan web-dizaynlar: CSS media so’rovlar (davomi)

Moslashuvchan web-dizaynlar: CSS media so’rovlar (davomi)

2d70e6
Oldingi postlarda yozilgan moslashuvchan web dizayn usullaridan foydalanib bir test o’tkazib kor’amiz.
G’oya shunday: kichik bir sahifa yaratamiz, orqa fonga qandaydir rasm joylashtiramiz. Va orqa fon rasmi har hil ekranda har hil rasm bo’ladi. Buning asosiy maqsadi shundaki, katta ekranlarda sahifa ochilganda fon rasmi katta bo’lishi kerak(hajm ham katta boladi) va kichik ekranlarda ochilganda fon kichik bo’ladi. Bu web sahifalarimizi samalari bo’lishiga yordam beradi. Shuningdek, sahifamizga 2 ta foreground rasm joylaymiz, ya’ni img tega orqali va bu rasmlar ham sahifamizga moslashishini ko’ramiz.

Demak, 3 ta rasm bor:
1. istanbul_little.jpg
2. istanbul_medium.jpg
3. istanbul_big.jpg

Html kod:








	

Istanbul

istanbul 1024 800 istanbul big

Istanbul (yun. Konstantinopol) — Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul elining maʼmuriy markazi. Aholisi 6 536 862 kishi (2011-yil oʻrtalari). I. Marmardengizi va Bosfor boʻgʻozining past-baland sohillarida joylashgan. Boʻgʻoz shaharni ikkiga — Osiyo (kichikroq qismi) va Yevropa qismiga boʻlib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox qoʻltigʻi sohillarida joylashgan. 1970—72 yillarda Bosfor boʻtoziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan koʻprik qurilgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqdimi, yanvarning oʻrtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, oʻrtacha yillik yogʻin 633 mm[3].

Tarixi

Istanbulga mil. av. 660 yilda Vizantii shahri sifatida asos solingan. 330-yildan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atalgan[4][5]. 395-yilgacha Rim imperiyasi tarkibida, 395—1453 yillar Vizantiya poytaxti. 1453-yilda Istanbul turklar tasarrufiga oʻtgan va Usmonli turklar saltanatining poytaxtiga aylantirilgan; oʻsha vaqtdan shahar Istanbul deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlanganidan foydalanib, 18-asr oxiridan Yevropa davlatlari shaharni va boʻgʻozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiyaning birinchi jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, Istanbulni Antanta davlatlarining qurolli kuchlari bosib oldi. 1923-yilda shahar bosqinchilardan ozod qilindi va oʻsha yilning oktyabrda Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga koʻchirildi.

Sanoati

Shahar qulay geografik oʻrinda joylashgan. Istanbul — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakat sanoatining 60% i Istanbulda joylashgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, yogʻochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, sement, koʻn poyabzal, tikuvchilik, harbiy va boshqa sanoat korxonalari, milliy va’chet el savdo firmalari, kompaniyalar, banklar, birjalar bor. Hunarmandchilik (yogʻoch, metall, teridan turli buyumlar yasaladi) rivojlangan. Turkiyadagi barcha savdo operatsiyalarining yarmi Istanbulga toʻgʻri keladi.

Transport yoʻllari

Istanbul — dengiz, quruqlik va havo yoʻllarining tuguni. Turkiyaning asosiy porti. Bu yerdan xalqaro kema yoʻllari oʻtgan. Temir yoʻl orqali Yevropadagi koʻpgina poytaxt shaharlar va mamlakatning ichki rayonlari bilan bogʻlangan. Bosfor boʻgʻozi orqali Istanbulning har ikki tomoniga yoʻlovchilar tashuvchi kemalar va yuk paromlari oʻtib turadi. Xalqaro aeroport bor.