MOSKVA JANGI

MOSKVA JANGI

MOSKVA JANGI — 2-jahon urushi dagi yirik janglardan biri (1941.30.9 — 1942.20.4). Mudofaada turgan (1941.5.12 gacha) sovet qoʻshinlarining Gʻarb (general-polkovnik I. S. Konev, 10 okt. dan armiya generali G. K. Jukov), Rezerv (marshal S. M. Budyonniy), Bryansk (genaral-polkovnik A. I. Yeremenko, okt. dan generalmayor G. F. Zaxarov) va Kalinin (general-polkovnik I. S. Konev) frontlari shiddatli janglardan soʻng, nemis qoʻshinlarining «Markaz» armiyalar guruhi (general-feldmarshal F. Bok) hujumini Volga suv omboridan jan. rokda, Dmitrov, Yaxroma, Krasnaya Polyana (Moskvadan 27 km narida), Istradan sharqroqda, Kubinkadan gʻarbroqda, Naro-Fominsk, Serpuxovdan gʻarbroqda, Aleksin, Tuladan sharqrokda toʻxtatib dushmanni holdan toydirganlar. 5—6 dek. da sovet qoʻshinlari qarshi hujumga oʻtib, 1942-y. 7—10 yanv. da butun front boʻylab yalpi hujumga oʻtganlar. 1942-y. yanv. — apr. da Shim.-Gʻarbiy (generalleytenant P. A. Kurochkin), Kalinin, Gʻarbiy va Bryansk (general-polkovnik Ya. T. Cherevichenko) frontlarining soʻl qanot qoʻshinlari raqibni magʻlubiyatga uchratib, uni 100—250 km nariga uloqtirib tashlashgan. 2-jahon urushida nemislar armiyasi ustidan ilk bor yirik gʻalabaga erishilgan.

Ensiklopediya.uz
MOSKVA JANGI