Moshina radarga tushganini bilish qanday amalga oshiriladi?

Moshina radarga tushganini bilish qanday amalga oshiriladi?

Moshina radarga tushganini bilish qanday amalga oshiriladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Moshin radarga tushgan bo’lsa, buni aniq bilish, shtraflari qancha, nechi tezlikdagini bilish kerak. Buning uchun nima qilish kerak?

736 736 95 4092255759

Agar avtomashinangiz tezlikni oshirib, fotoradarga tushgan bo’lsa, uni IIV YHXB`ning maxsus sayti — dyhxx.uz orqali kirib tekshirishingiz mumkin. Buni amalga oshirish tartibi:

  1. https://dyhxx.uz saytiga o’tish.
  2. Sahifadagi maydonlarga quyidagi ma’lumotlarni kiriting:
    1. Mobil telefon raqamingizni 998-operator kodi-telefon raqam formatida
    2. Parol – tizimga birinchi bor kirganda o’ylab topishingiz va maydonga o’ylab topilgan YANGI parolni kiritish zarur. Parol 6 belgidan kam bo’lmagan, faqatgina bosh va kichik lotin harflari va raqamlardan iborat bo’lishi kerak. Ushbu yangi parolni eslab qolish kerak, u kelgusida Portalgа kirish uchun yana kerak bo’lishi mumkin
    3. So’ng rasmdagi kodni kiritish kerak (Captcha), masalan rasmda GHEGH harflari bo’lsa, maydonga aynan shu harflarni kiritish kerak, ya’ni GHEGH ko’rinishida. Bu nimaga kerakligini bilmasangiz, boshingizni qotirib o’tirmasangiz ham bo’ladi, shunchaki kiritib qo’ya qoling bo’ldi.
  3. Keyin roziman, keyingisi deb yozilgan tugmani bosing.
  4. Yozilgan raqamga SMS habar keladi, uni tegishli maydonga kiritish kerak.
  5.  Sizga keyingi sahifa ochiladi.
  6. Bu yerda foydalanuvchi, qoidabuzarliklarni ko’rish maqsadida, ozining ikkita avtomobili tog’risida ma’lumotlarni kiritishi mumkin. Avtomobilni qo’shish uchun TRANSPORT tugmasini bosish zarur, undan so’ng yana keyingi sahifa ochiladi.
  7. Bu yerda tegishli maydonlarga avtomobilning davlat raqamini, mazkur avtomobil texpasportining seriya va raqamini kiritib QO’SHISH tugmasini bosish kerak.
  8. Shundan keyin ochilgan sahifada mazkur avtomobil bo’yicha kameralar orqali aniqlangan qoidabuzarlik mavjudligina ko’rish uchun, sichqon kursorini avtomobil ma’lumotlari qatoriga turib Qoidabuzarliklar yozuvini bosish kerak.

Batafsil ma’lumot saytning MA’LUMOT bo’limida yoki ushbu sahifa bo’yicha — https://dyhxx.uz/#!/help

Moshina radarga tushganini bilish qanday amalga oshiriladi?