MORENA

MORENA

MORENA (frans. moraine) — muzliklar erib chekingandan keyin qolgan togʻ jinslari uyumi. Gʻoʻlatoshlar, palaxsa toshlar, shagʻal, gil, qum shaklida boʻladi. Morenalar siljiydigan (harakatdagi) va yotqizilgan (qoʻzgʻalmas)larga boʻlinadi. Siljiydigan Morenalar togʻmuzliklarida xrsil boʻladi. Ular ustki, ichki va quyi Morena larga boʻlinadi. Ustki Morena chaqiq jinslardan hosil boʻladi. Ichki Morena muz qatlami orasida yotadi. Ustki va ichki Morenalar muz krplamlari uchun xos emas. Quyi Morena togʻ muzliklari, shuningdek, muz krplamlarida uchraydi. Siljiydigan Morena muzlik bilan birgalikda harakat qiladi. Yotqizilgan Morena muzlik erigandan keyin parchalangan jinslardan hosil boʻladi va M. marzalari va tag M. ga, ular esa, oʻz navbatida, boʻylama, chekka qirgʻoq M. lari va b. ga boʻlinadi. Togʻli oʻlkalarda yotqizilgan M. mayda jinslar, tuproq aralashgan xarsang toshlar holida uchraydi. Mlarni oʻrganish ular bilan bogʻliqboʻlgan konlarni topish va muzlik boʻlgan joylarni aniqlashda ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
MORENA