MONOSEMIYA
MONOSEMIYA (mono… va yun. sema — belgi) , bir maʼnolilik — soʻzlarning matnida ham, matndan tashqarida ham faqat bitta maʼnoga ega boʻlishi. Ilmiytexnik terminlar, kasb-hunar soʻzlari, ayrim yakka tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar Monosemiyaga misol boʻla oladi (yana q. Koʻp maʼnolilik).
Ensiklopediya.uz
MONOSEMIYA