MONIYLIK

MONIYLIK

MONIYLIK — 3-a. da Eronda vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy. M. ko-inotda nur bilan zulmat, ruhiy asos b-n moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi oʻzaro kurashni eʼtirof etishga asoslanadi. Hyp, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka koʻra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik taʼlimotiga koʻra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi)dan iborat mavjudot boʻlgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Moniylikda zardushtiylik va xristianlik gʻoyalari mavjud. Moniylik dunyoning koʻp mamlakatlariga, jumladan, Italiyadan to Xitoyga qadar tarqalgan. 8-a. da Uygʻur xonligida hukmron dinga aylangan. Moniylik 8 — 9-a. larda islom tarafdorlarining taʼqibiga uchradi. Keyinchalik Yevropa va Osiyoda barham topdi. Xitoyda u 14-a. ga kelib taqikdandi.

Ensiklopediya.uz
MONIYLIK