MONIYEZIOZLAR
MONIYEZIOZLAR — kavsh kaytaruvchi hayvonlarning ingichka ichagida parazit holida yashovchi Moniezia turkumiga mansub sestodalar chaqiruvchi invazion kasallik. Sestodlar oraliq xoʻjayinzirhli kanalar ishtirokida rivojlanadi. Yosh mollar sharoiti no-qulay boʻlgan yaylovlarga olib chiqilgach, oʻt bilan birga kanallarni yutib yuborib, kasallanadi. Kasallangan hayvon lohaslanadi, ichi ketadi, oriqlaydi, ichagi ogʻrib, aylanma harakat qila boshlaydi. Tashhis axlat namunalarida gelmintlar va ularning tuxumlari aniqlanishiga koʻra qoʻyiladi.
Ensiklopediya.uz
MONIYEZIOZLAR