MOLYAR ERITMA

MOLYAR ERITMA

MOLYAR ERITMA — 1 l eritmada erigan moddaning grammmolekula (mol)lari soni bilan ifodalanadigan eritma konsentratsiyasi. Bunday eritma M harfi bilan belgilanadi. Bu harfning oldiga eritmaning «molyarligini», yaʼni uning 1 litrida erigan moddaning mollar sonini koʻrsatadigan koeffitsiyent qoʻyiladi. Mac, 2 M eritmaning 1 litrida 2 mol erigan modda borligini, 0,3 M eritmaning 1 litrida 0,3 mol erigan modda borligini koʻrsatadi (yana q. Konsentratsiya).

Ensiklopediya.uz
MOLYAR ERITMA