Moliyaviy parhez nima? to’liq malumot oling
Moliyaviy parhez nima?
Bu zararli odatlarni yo‘q qilishga, shaxsiy byudjetni to‘g‘ri rejalashtirishga yordam beradigan usul hisoblanadi. Bu metodikada faqatgina zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar uchun pul sarflanadi.
Moliyaviy parhez tutish uchun 21 kun davomida quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi:
🔹 mablag‘ingizni xohish-istaklarga emas faqat ehtiyojlar uchun sarflang;
🔹 ko‘ngilochar maskanlardan biroz yiroq bo‘ling. Gazli ichimliklarni oddiy suvga, «fast food»larni esa uy ovqatiga almashtirgan ma’qul;
🔹 xarajatlar ro‘yxatini yozib boring;
🔹 xarid vasvasasidan yiroq bo‘ling.
Moliyaviy parhez nega kerak?
✔️ mablag‘ingizni to‘g‘ri taqsimlash;
✔️ moliyaviy maqsadingizni aniq qo‘yish;
✔️ sarf-xarajatlarni kamaytirish;
✔️ qo‘shimcha mablag‘ jamg‘arish uchun.
Boshqa mavzular
Moliyaviy parhez nima?