MOLIYA RESURSLARI

MOLIYA RESURSLARI

MOLIYA RESURSLARI — iqtisodiy subyekt ixtiyorida, uning tasarrufida boʻlgan jami pul mablagʻlari, moliyaviy aktivlari majmui. Moliya resurslarini davlat, firma va korxonalar, xonadon va jamoat tashkilotlari tashkil etadi. Moliya resurslari moliya va moliya tizimining moddiy asosi, moliya siyosatini utkazishning asosiy vositasi. Moliya resurslari yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yaratiladi. Moliya resurslari manbai, birinchi navbatda mamlakat iktisodiyotining faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni i. ch. va sotish bilan bogʻlik, boʻlgan pul daromadlaridir. Moliya resurslari, odatda davlat byudjetlarida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarda, davlat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda toʻplanadi.

Ensiklopediya.uz
MOLIYA RESURSLARI