MOLIK ibn ANAS

MOLIK ibn ANAS

MOLIK ibn ANAS Abu Abdulloh (713, Madina — 795) — faqih, muhaddis, molikiylik mazhabining asoschisi. Bodal i kdan liniy ilm oldi, Qurʼoni karimni oʻrgandi. Islom huquqini puxta egallab, «Madina imomi» unvoniga sazovor boʻldi. Molik ibn anas ibn A. biror siyosiy oqimga ergashmasada, hokimiyatning saylab qoʻyilishi qoidasini afzal hisoblardi, lavozimlarga maʼmuriy tayinlanishlarga qarshi edi. Molik ibn anas ibn A. Muhammad (sav) sahobalari aytgan hadislarni muayyan mavzularga ajratib, «al-Muvattaʼ» (ommaviy, barchaga tushunarli maʼnosida) deb atalgan toʻplam tuzdi. Muhaddis buning uchun 40 y. umrini sarfladi. Bu ilk hadis toʻplamlaridan biri boʻlib, bir necha ming hadisni oʻz ichiga olgan.

Ensiklopediya.uz
MOLIK ibn ANAS