MOHONDARYO
MOHONDARYO — Buxoro viloyatidagi quruq oʻzan. Uz. 58 km (kum bosgan sorili bilan hisoblaganda 150 km), eni 25 — 250 m. Zarafshon daryosi qadimda shu oʻzandan oqib, Amudaryoga quyilgan. M. Yakkatut qishlogʻidan boshlanib, shim,-gʻarbiy, soʻng jan.-gʻarbiy yoʻnalishda davom etgan va Chuqurkoʻl, Mohonkoʻl, Oʻrtakoʻl va Chandirkoʻllarni hosil qilgan. Mohonkoʻldan soʻng ikkiga boʻlinib, shim. dagisi Mohondaryo va jan. dagisi Gujayli (Bu joyli) yoki Gurdush deb atalgan. Shim. tarmoq, oʻz navbatida, ikkiga ajralib yana bir qancha mayda koʻllardan oʻtib, Chorjoʻy (hoz. Turkmanobod) sh. dan 100 km kuyida Amudaryo bilan tutashgan.
Ensiklopediya.uz
MOHONDARYO