MOEM

MOEM

MOEM (Maughem) Uilyam Somerset (1874.25.1, Parij – 1965.16.12, SenJankap-Ferra, Fransiya) — ingliz yozuvchisi. Fransiyadagi Britaniya elchixonasida xizmat qilgan. Geydelberg untida, keyin Londondagi tibbiyot intida tahsil koʻrgan. M. ning shu yillarda kechirgan hayoti materiallari asosida yozilgan «Lambetlik Liza» (1897) romani mashhur. Shundan keyin Moem vrachlik ixtisosidan voz kechib, yozuvchilik bilan shugʻullangan. U asosan Fransiyaning jan. Tomonlarida yashab, 60 y. lik adabiy faoliyati davomida koʻplab roman, hikoya, pyesa, adabiytanqidiy etyud va memuar asarlar yozgan.

Ensiklopediya.uz
MOEM