MODUL
MODUL (lot. modulus — meʼyor, oʻlchov) — 1) meʼmorlik va qurilishda — majmualar, insho-otlar va ularning kismlari oʻlchamlarini ifodalash uchun qabul qilingan asbob, oʻlchov. M. ni qoʻllash natijasida bino, inshoot yoki uning qismlari oʻlchamlaridagi takrorlanuvchan (karrali) nisbatlari beriladi, qismlar uygʻunlashadi, qismlarning mutanosibligi taʼminlanadi hamda qurilish ishlari osonlashadi. Modul sifatida uzunlik oʻlchovi (fut,metr), bino elementlaridan birining yoki qurilish buyumining oʻlchami qabul qilinadi. Memorlik orderlari tizimida Modul kolonnaning pastki qismi radiusining oʻlchamidan olingan. Qad. Oʻrta Osiyo meʼmorligida ham Modul keng qoʻllanilgan. 14—15-a. larda gaz, qari, qadam kabi oʻlchov birliklari asosida binolar tarhi tuzilganligi maʼlum.
Ensiklopediya.uz
MODUL