MODDIY RESURSLAR
MODDIY RESURSLAR — iqtisodiyot taraqqiyoti va i. ch. jarayoni uchun zarur boʻlgan moddiy-ashyoviy neʼmatlar yigʻindisi, moddiy-ashyoviy shakldagi iqtisodiy resurslar. M. r. ga tabiiy boyliklar, materiallar, mashina-mexanizmlar, bino-inshootlar, asbob-uskuna va qurilmalar kiradi. Moddiy resurslar ishlab chiqarishning buyumlashgan yoki moddiy omilini tashkil qiladi.
Ensiklopediya.uz
MODDIY RESURSLAR