MODDIY JAVOBGARLIK

MODDIY JAVOBGARLIK

MODDIY JAVOBGARLIKmehnat huquqi boʻyicha mehnat shartnomasi taraflari (xodim va ish beruvchi) ning bir-birlariga yetkazgan zarartl qonunda belgilangan miqdor va tartibda qoplash majburiyati. Mehnat shartnomasi yoki unga qoʻshimcha ravishda tuzilgan yozma shakldagi kelishuvda, shuningdek, jamoa shartnomasipz. mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi aniqlashtirib qoʻyilishi mumkin. Bunda shartnoma boʻyicha ish beruvchining xodim oldidagi javobgarligi qonunda nazarda tutilganidan kam, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa nazarda tutilganidan koʻp boʻlishi mumkin emaye Zarar yetkazilganidan keyin mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinganligi mehnat shartnomasi taraflarini Moddiy javobgarlikdan ozod qilishga sabab boʻlmaydi. Qonunga binoan, mehnat shartnomasining bir tarafi gʻayriqonuniy nojoʻya xulq-atvori (harakati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi. Baʼzan ish beruvchi aybi boʻlmagan hollarda ham Moddiy javobgarlik boʻladi. Mas, ish beruvchi yuqori xavf manbai natijasida xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar qilinishi mumkin. Zarar kim tomonidan yetkazilganiga qarab, Moddiy javobgarlikning 2 turi ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun xodimning moddiy javobgarligi hamda i. ch. da xodimning sogʻligʻiga shikayet yetkazilgani uchun, shuningdek, xodimni mehnat qilish imkoniyatidan mahrum etgani (gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatganlik) uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi farklanadi. Moddiy javobgarlik bilan bogʻliq masalalar OʻzRning Mehnat kodeksi (12-bob), «Xodimlarga ularga mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshka xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan toʻlash qoidalari» (1994-y. 1 fev.) asosida hal etiladi. Bundan tashqari, taraflarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudlar amal qiladigan boshqa tegishli normativhuquqiy xujjatlar bor.

Ensiklopediya.uz
MODDIY JAVOBGARLIK