Mobil mammografiya komplekslari qanday ishlaydi? SSV mutaxassisi ma`lumot berdi
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag`olib Tillashayxov mobil mammografiya haqida ma`lumot berdi:
– Mobil mammografiya avtomobillariga harakatlanish joyi va tezligini kuzatish uchun JPS-trekerlar o`rnatilgan.
Mobil mammografiya bilan ishlaydigan barcha shifokorlar, laborantlar va haydovchilar ro`yxati shakllantirilgan va ular uskunalarni ishlatish bo`yicha maxsus treningda qatnashib, ko`nikmalarini oshirgan.
Mammogrammalar markazlashtirilgan masofaviy birinchi va ikkinchi o`qish axborot tizimi orqali yo`lga qo`yiladi:
Birinchi o`qish hududiy filiallar shifokorlari tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun filiallarning rentgen bo`limiga o`rnatiladigan maxsus shifokor ish stansiyalari tashkil etildi.
Ikkinchi o`qish Onkologiya markazi shifokorlari tomonidan bajariladi. Barcha suratlar ushbu muassasa bazasidagi markaziy arxivda saqlanadi.
Shuningdek, markaz bazasida aholining bu boradagi xabardorligini oshirish maqsadida 1303 qisqa raqamli Sall-markaz tashkil etildi.
Hozir tasarrufimizda 15 ta mobil mammografiya kompleksi mavjud. Ular yordamida ko`krak bezi saratonini erta aniqlash uchun tibbiy tekshiruvlar qamrovi yanada kengayadi va ilk bor barcha hududlar mammografiya skriningi bilan qamrab olinadi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Mobil mammografiya komplekslari qanday ishlaydi? SSV mutaxassisi ma`lumot berdi