MOʻGʻULTOGʻ

MOʻGʻULTOGʻ

MOʻGʻULTOGʻQurama tizmasining jan.-gʻarbidagi togʻ. Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Qurama tizmasining gʻarbiy tarmoqlari boʻlmish Oltintopgan va Qoramozor tizmalaridan Mirzarabot beli bilan ajralgan. Jan.-gʻarbiy etaklari Sirdaryo vodiysiga tutashadi. Uz. 85 km chamasida. Eng baland joyi 1624 m (Moʻzbek togʻi), jan.-gʻarbda Katta Supa togʻi (bal. 1277 m gacha) mavjud. Togʻ kuchli parchalangan, yalangʻoch, qoyali yon bagʻirlarida yozda qurib qoladigan chuqur soy koʻp. Ular nuragan jins parchalari bilan qoplangan. Etaklari keng prolyuvial shleyflar bilan band. Geologik tuzilishida quyi silur davrining granitli, filitli slaneslari, qumtoshlari, shuningdek, yuqori devon quyi karbon davrlarining ohaktoshlari va marmar toshlari ishtirok etgan.

Ensiklopediya.uz
MOʻGʻULTOGʻ