Miya chayqalishi — aniqlash, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va davolash

Miya chayqalishi — aniqlash, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va davolash

Miya chayqalishi — eng keng tarqalgan bosh jarohati. Oddiy odamga oddiy lat yeyishni miya chayqalishidan ajratib olish qiyin. Boshga har qanday zarar yetishida birinchi yordamni ko’rsatish va shifokorni o’z vaqtida chaqirish muhimdir.

svg%3EMiya chayqalishi

Miya chayqalishi — kalla-miya jarohatining yengil shakli, kalla-miya travmatizmi tuzilishida uchrashi chastotasi bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Miya chayqalishini davolashda asosiy narsa — dam olish va uxlashdir. Biroq, miya chayqalishini jiddiyroq shikastlanish — miya lat yeyishi bilan osonlikcha adashtirish mumkin. Ushbu travma majburiy medikamentoz davolash va gospitalizatsiyani talab qiladi.

Har qanday holatda, boshga sezilarli zarba berilganda, shifokorga uchrashish, rentgen tasviri, bosh suyagining yorilishlari, qon ketishi yo’qligiga amin bo’lish va nevrolog konsultatsiyasini olish kerak.

Miya chayqalishida birinchi yordam

Kichik bosh jarohatlarida (insonning o’z bo’yidan yuqori bo’lmagan balandlikdan yiqilishida), hushini yo’qotmaslikda, jabrlanuvchiga birinchi yordam ko’rsatiladi va alomatlar kuzatilib boriladi. Yuqoriroq balandlikdan yiqilishda, qon ketishi va hushni yo’qotish kuzatilganda darhol tez yordam chaqirish kerak.

Miya chayqalishida birinchi yordam:

  • Jabrlanuvchini ko’zdan kechirish;
  • Jarohatlar mavjudligida — ularni qayta ishlash va bintlash;
  • Har qanday alomat mavjud bo’lsa — shifokorni chaqirish;
  • Tinchlikni ta’minlash. Jabrlanuvchini qulay joyga qo’yish va unga 30-60 daqiqa davomida yoki shifokor kelguniga qadar uxlab qolishga yo’l qo’ymaslik;
  • Jabrlanuvchining ahvolini doimo kuzatib borish;
  • Agar jabrlanuvchi hushini yo’qotgan bo’lsa, uni tizzalarini bukkan holda yonga yotqizib, qo’lini boshi ostiga qo’yish;
  • Agar jabrlanuvchi o’zini yaxshi his qilsa, hodisani e’tiboridan chetda qoldirmaslik, uning faol harakatlanishiga ruxsat bermaslik.

Miyaning chayqalishi belgilari

Muammolar mavjudligini jarohatdan keyin darhol shubha ostiga olish mumkin.

Alomatlar:

  • Oqarib ketish, terlash, zaiflik.
  • Jabrlanuvchining nigohini yaxshi jamlay olmasligi.
  • Bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi va qayt qilish.
  • Reaktsiyalarning sekinlashishi, noto’g’ri javob berish.
  • Jabrlanuvchi fazo va vaqtda yaxshi orientatsiya ololmasligi.
  • Ishtaha yo’qolishi.
  • Tana haroratining ko’tarilishi.
  • Qisqa muddatli hushni yo’qotish (5 daqiqagacha).
  • «Boshda tuman» yoki oyoqlarda kuch yo’qligi hissi.
  • Uyqu buzilishlari (keyinroq namoyon bo’ladi).
  • Charchoq, kuchsizlik hissi.
  • Sezilarli jarohatlar, burun qonashi.

Miya chayqalishi darajalari

  • I darajali chayqalish — yengil hushdan ketish, jarohatlardan so’ng 20 daqiqa o’tib o’zini normal his qilish.
  • II darajali chayqalish — dizorientatsiya 20 daqiqadan ortiq davom etishi.
  • III darajali chayqalish — qisqa vaqt davomida hushni yo’qotish. Jabrlanuvchi nima bo’lganini eslay olmaydi.

Muhim!
Hatto kichik chayqalishdan keyin ham asoratlar paydo bo’lishi mumkin (bosh og’rig’i, asabiylashish, uyqu buzilishi, diqqatni jamlay olmaslik emas). Shifokorga imkon qadar tezroq uchrashish juda muhim.

Tashxislash

Chayqalish tashxisi klinik tasvir asosida qo’yiladi: 1) Boshga zarb tushganligi yoki boshni urib olganlik fakti mavjudligi; 2) 5 daqiqagacha vaqtga hushni yo’qotish. Kalla suyagi karohatlari bo’lmaydi, garchi suyakda yoriqlar mavjudligi bosh miya chayqalishini istisno etmaydi. Likvor bosimi va uning tarkibi o’zgarishsiz qoladi. KT va MRT`da miya moddasi va likvorli hududlar holati chekinishlari aniqlanmaydi.

Miya chayqalishini davolash

Miya chayqalishini davolash 10 kundan bir oygacha davom etadi. Har qanday holatda navbatchi statsionarda tekshiruvdan o’tish kerak. Uy sharoitida davolanish faqat shifokorning ruxsati bilan, yengil bosh jarohatlarida amalga oshirilishi mumkin. Uyda davolanishda:

  • Yotoq tartibi va uzoq uyqu;
  • Musiqa tinglash (lekin quloqchin orqali emas), o’qish tavsiya etilmaydi;
  • Tinchlantiruvchi xalq tabobati vositalarini yoki yengil o’simlik tindirmalarini qabul qilish;
  • Sut va sabzavotlardan iborat bo’lgan uzoq muddatli parhez, osh tuzi iste’molini cheklash.

Himoya!
Shlem zarbning xavfini va og’irligini kamaytirishga yordam beradi, bosh suyagining sinishidan qutqarishi mumkin. Ammo u miya chayqalishini oldini olmaydi.

Taqiqlanadi:

  • Televizor, video tomosha qilish, kompyuter o’ynash — ekranning o’chib-yonishi miyani qo’zg’atadi;
  • Sport bilan shug’ullanish.

Oqibatlari

Odatda 24-48 soatdan keyin chayqalish belgilari va alomatlari yo’qoladi. Miyaning qayta jarohatlanishida ularning salbiy ta’siri umumlashadi.

Kasalliklar
birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va davolash, Miya chayqalishi — aniqlash