Mirzo Ulug’bek rasadxonasi haqida

Mirzo Ulug’bek rasadxonasi haqida
mirzo ulugbek rasadxonasi haqida 65caeec5cb20c

800px Observatie Ulugbek sextant 225x300 1

Mirzo Ulug’bek rasadxonasi haqida

Mundarija скрыть
Mirzo Ulug’bek rasadxonasi haqida
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Ulugʻbek rasadxonasi – Samarqanddagi 15-asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi.
Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428 — 29 yilda Koʻhak (Choʻponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qoʻlyozmalar (“Boburnoma”)ga koʻra, bal. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo’lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qoʻshaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Kvadrantning jan. qismi yer ostida, qolgan qismi shim. tomonda yer sathidan 30 m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga toʻgʻri keladi. Rasadxona oʻrta asrlarda asbob uskunasi jihatdan ham beqiyos boʻlgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari — ekvator va ekliptika orasidagi burchakni oʻlchash, yillik pretsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Rasadxonada kichik oʻlchamli asboblar: armillyar sfera, 2, 4 va 7 halqadan iborat oʻlchov asboblari, triangula, quyosh hamda yulduz soatlari, asturlob va boshqalar boʻlgan. Bu ilmiy uskunalar yordamida Quyosh, Oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan. Mirzo Ulugʻbekning eng yirik astronomik asari “Ziji Koʻragoniy” rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulugʻbek taklifi bilan yigʻilgan qator mashhur olimlar Gʻiyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bogʻliq.
Ulugʻbek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir gʻisht boʻlgan aylanma devor borligi va uning markazida qoʻshaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta – kichik xonalari boʻlgan. Boburning yozishicha, Ulugʻbek rasadxonasining sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Rasadxona ichiga oʻrnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan oʻrganilgan. Rasadxonada kutubxona ham boʻlgan. Ichki devorda osmon tasviri, yulduzlar xaritasi, togʻ, dengiz, mamlakatlar belgilangan Yer shari tasviri ishlangan. Keyinchalik u qarovsiz qolib, XVI asrda vayron qilingan. Hozir Ulugʻbek rasadxonasidagi katta asbob — kvadratning yer ostida saqlangan qismi balandligi bilan 11 m keladi. 1964 y. Ulugʻbek rasadxonasi yonida Ulugʻbek muzeyi ochilgan. Ulugʻbek rasadxonasining asl koʻrinishi, ichki tuzilishi, bosh qurilmasi haqida Oʻzbekiston va chet el olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

uz.wikipedia.org/wiki/Ulug%CA%BBbek_rasadxonasi

Mirzo Ulug’bek rasadxonasi haqida